Fakultet hayoti
Nordikda kombo: imkoniyatlar cheksiz!

April 22 , 2025
22
Nordik universiteti va Janubiy Koreyaning Daegu universiteti o‘rtasida xalqaro aloqalar kengaydi.
Nordik universiteti va Janubiy Koreyaning Daegu universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda
Nordik universiteti va Janubiy Koreyaning nufuzli Daegu universiteti o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Tashrif doirasida Daegu universiteti vakillari Nordik universiteti talabalari bilan ochiq va samimiy muloqot olib borishdi, shuningdek, universitet muhitini yaqindan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ushbu hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib borilishi rejalashtirilmoqda:
➤ Koreys tili bo‘yicha ta’lim dasturining joriy etilishi — Nordik universitetida koreys tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi, bu esa talabalarimizga til ko‘nikmalarini rivojlantirish va Koreya oliy ta’lim muassasalari bilan yanada samarali muloqot qilish imkonini yaratadi.
➤ Startap va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash — universitet huzurida zamonaviy startap inkubatsiya markazi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu markaz talabalarning innovatsion g‘oyalarini rivojlantirish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish va xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkonini beradi.
➤ Iqtidorli talabalar uchun akademik va ilmiy almashinuv dasturlari — tanlab olingan eng iqtidorli talabalar Janubiy Koreyadagi nufuzli oliygohlarga ilmiy izlanishlar, loyihaviy ishlar va o‘qish uchun yuboriladi.
Mazkur hamkorlik ikki tomonlama ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot salohiyatini mustahkamlash hamda talabalarning global bilim makonida faol ishtirok etishini ta’minlashga xizmat qiladi.



So'nggilari

Elektron tijorat sohasi va uning soliqqa tortilishi haqida aniq, ishonchli ma’lumotlar, tajriba va qonuniy asoslarni o‘z egasidan o‘rganishga tayyormisiz?

Nordik universiteti talabalari uchun tashkil etilgan tog' yonbag‘ri bo'ylab sayohat

Nordikning iliq atmosferasida - tabiat bag‘rida, ilhomli uchrashuv tashkillandi.

Mavzu: Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish mexanizmi.