Nordik talabalari tog' yonbag'rilariga sayohati

April 19 , 2025

|

35

Nordik universiteti talabalari uchun tashkil etilgan tog' yonbag‘ri bo'ylab sayohat

Nordik universiteti talabalari uchun tashkil etilgan tog' yonbag‘ri bo'ylab sayohat, nafaqat tabiat bilan chambarchas bog'lanish, balki jamoaviy faoliyatlarni rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatini yaratdi. Sayohat davomida talabalarga tog‘larning g‘aroyib manzaralari, ajoyib sharsharalar va musaffo havo bilan birgalikda, tabiatning har bir go‘zalligidan bahramand bo‘lish imkoniyati yaratildi.

Ushbu sayohatning ajralmas qismi bo‘lgan jamoaviy o‘yinlar, talabalarga hamkorlikda ishlash, strategik fikrlash va muammolarni birgalikda hal qilishda o‘z malakalarini oshirishga yordam berdi. Sayohat davomida talabalarning o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari yanada mustahkamlandi, shu bilan birga, ular o‘zlarining jismoniy va ma’naviy kuchlarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, sayohat davomida mehmonlarga o‘ziga xos mador somsasi taqdim etildi. Bu o'ziga xos taom, faqatgina o'zining noyob ta'mi bilan emas, balki bu kunni yanada yodda qolarli qilishga yordam berdi. Sayohat yakunida, barcha ishtirokchilar ushbu kunni unutib bo‘lmas, yangi bilimlar va do‘stlik aloqalari bilan qalblarida saqlab qolishdi.

photo-2025-04-23-11-05-01
Ko‘rib chiqish
photo-2025-04-23-11-01-41
Ko‘rib chiqish
photo-2025-04-25-17-20-16
Ko‘rib chiqish
photo-2025-04-25-17-20-17
Ko‘rib chiqish