Fakultet hayoti

Har juma - Milliy liboslar kuni!
Shahrimizda har juma "Milliy liboslar kuni" sifatida o‘tmoqda. Nordik Universitetida ham bu an'ana davom ettirildi.
Shahrimizda har juma "Milliy liboslar kuni" sifatida o‘tmoqda. Nordik Universitetida ham bu an'ana davom ettirildi. Talabalar va o‘qituvchilar o‘z milliy kiyimlarini kiyb, o‘z xalqining madaniy merosini namoyish etishmoqda. Bu kun, nafaqat milliy liboslarni targ‘ib qilish, balki o‘z xalqining tarixiga, an'analariga va qadriyatlariga hurmat ko‘rsatishning ajoyib imkoniyatidir. Universitetda shu kun munosabati bilan turli tadbirlar, ko‘rgazmalar va chiqishlar o‘tkazilib, talabalar o‘zlarini nafaqat go‘zallik, balki ma’naviy boylik nuqtai nazaridan ham namoyon qilishadi.

So'nggilari

Navbatdagi mashg‘ulot yana bir bor mazmunli, qiziqarli va interaktiv ruhda tashkil etildi. Bu galgi dars «Покупки. Товары. Цены» mavzusiga bag‘ishlanib, ishtirokchilarning kundalik hayotida tez-tez uchraydigan savdo-sotiq jarayonlari asosida olib borildi.

“Motivation Club” da, biz shunchaki yig‘ilmadik — o‘zligimizni anglash va hissiyotlarimizni jilovlash sari ulkan qadam tashladik.

Jonli ijro, yorqin atmosfera va sevimli taronalar uyg‘unlashgan ushbu konsert haqiqiy musiqa bayramiga aylandi.

Seshanba kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi suhbat klubi ishtirokchilar uchun nafaqat foydali, balki juda maroqli ham bo‘ldi. Dars davomida talabalar erkin muhitda rus tilida muloqot qilib, o‘z fikrlarini bemalol ifoda etish imkoniga ega bo‘ldilar.