“Zebo” loyihasida bahs!

March 03, 2026
98

“Zebo” loyihasi doirasida o‘tkazilgan navbatdagi munozara yoshlarni o‘ylantirayotgan dolzarb savolga bag‘ishlandi: “Sun’iy intellekt — imkoniyatmi yoki xavf?”

Munozarada ishtirokchilar ikki jamoaga bo‘linib, sun’iy intellektning turli qirralarini asosli dalillar bilan himoya qildilar. Bir jamoa SI tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ishsizlik, axborot xavfsizligi muammolari va inson omilining kamayishi kabi fikrlarni ilgari surdilar. Ikkinchi jamoa esa sun’iy intellektning ilm-fan, innovatsiya va mutlaqo yangi kasblarni yaratishdagi ulkan imkoniyatlari haqida dalillar keltirdilar.

Qizg‘in bahslarga boy o‘tgan munozarada qatnashchilar nafaqat bilim, balki mantiqiy fikrlash, tezkor tahlil va notiqlik mahoratini ham namoyon etdilar.

O‘zining aniq dalillari va ishonchli nutqi bilan Muborak G‘ayratova “Eng yaxshi spiker” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

photo-2026-03-09-19-42-29
Ko‘rib chiqish
photo-2026-03-09-19-42-11
Ko‘rib chiqish
photo-2026-03-09-19-42-20
Ko‘rib chiqish
photo-2026-03-09-19-42-16
Ko‘rib chiqish
photo-2026-03-09-19-42-25
Ko‘rib chiqish