48 ta davlat: yo‘llar o‘rgatadi

April 13, 2026
106

Nordik universitetida Turizm yo‘nalishi talaba-yoshlari uchun mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mehmon — mashhur sayyoh va bloger Qobiljon Abdusattorov.

Bu uchrashuv bo‘lajak mutaxassislarga o‘z sohalari va dunyoga keng nigoh bilan qarashga undovchi suhbat bo‘ldi. 


Qobiljonning hikoyalari bir haqiqatni yana bir bor isbotladi: sayohat faqat chiroyli suratlar, story va reelslardan iborat emas. Yo‘llar sinov, tavakkal va katta hayot maktabi.


2022-yildan buyon u dunyoni samolyotsiz, avtomobilda kezmoqda. Hozirgacha 48 ta davlatni bosib o‘tgan.


Uning maqsadi Guinness World Recordsga kirish (hozirgi rekord: 130 davlat).


Bu raqamlar ortida esa yo‘llarda o‘tgan tunlar, kutilmagan xavf va sinovlar, notanish tillar qiyinchiliklari va eng muhimi — sayohatchining taslim bo‘lmas irodasi borligidir. 


Uchrashuv davomida talabalar sayohatni nimadan boshlash kerakligi, blogerlik va sayyohlikni qanday uyg‘unlashtirish mumkinligi, yo‘lda uchraydigan “kutilmagan ssenariylar”dan chiqish yo‘llari borasidagi tajriba va xulosalardan bahramand bo‘ldilar. 


Uchrashuvda taʼkidlanganidek, “Turizmda yaxshi mutaxassis bo‘lish uchun avvalo turist bo‘lib ko‘rish kerak.”


Haqiqatan ham, turizmni faqat kitobdan o‘rganish yetarli emas. Uni his qilish, yashab ko‘rish, turistlar o‘rnida bo‘lib ko‘rish haqiqiy bilim manbai.


Uchrashuv yakunida faol va mazmunli savollar bergan talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


photo-2026-04-14-12-04-58
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-14-12-05-02
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-14-12-05-06
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-14-12-05-09
Ko‘rib chiqish
photo-2026-04-14-12-05-13
Ko‘rib chiqish