Ilmiy-amaliy seminar: ilm va tajriba uyg‘unlashmoqda

Ilmiy-amaliy seminar: ilm va tajriba uyg‘unlashmoqda

April 24, 2025
589

Doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun navbatdagi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda tadqiqotchilar ishtirok etishdi. 

Seminar doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish va monitoring, innovatsion yondashuvlar bo‘yicha maʼruzalar tinglandi. 


Tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatlari doirasida tarjima metodikasi, raqamli ta’lim, gender tarbiyasi hamda transport-logistika integratsiyasi kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi, amaliy tajribalar almashildi. 


Seminarda yosh olimlar ilmiy izlanishlarini chuqurlashtirish va amaliyotga tatbiq etish borasida muhim ilmiy yo‘nalishlar oldilar.


photo-2025-04-24-09-59-50-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-04-24-09-59-51
Ko‘rib chiqish
photo-2025-04-24-09-59-52
Ko‘rib chiqish