Konferensiyada xorijiy va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot institutlari olimlari, professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, tadqiqotchilari, magistrant va iqtidorli talabalari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari muhokama qilinadi.
Konferensiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha masalalar muhokama qilinadi:
- Musiqashunoslik, etnomusiqashunoslikning dolzarb muammolari va yechimlar;
- Musiqiy-nazariy fanlari o‘qitishda innovatsion ta'lim texnologiyalari;
- Mustaqil ta'limni tashkil etishning samarali usul va vositalari;
- Ijrochilik an’analari muammo va yechimlari;
- Pedagogik kadrlar tayyorlash muammo va yechimlar.
Konferensiya 2024 yil 4 dekabr kuni Xalqaro Nordik Universitetining 2-kampusida, majlislar zalida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish soat 9:00 dan 10:00 gacha davom etadi. Anjumanda ishtirok etish uchun ZOOM dasturi orqali onlayn qatnashish imkoniyati ham mavjud.
Anjumanning ish tartibi:
- Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish – 9:00 – 10:00
- Yalpi yig‘ilish – 10:00 – 13:00
- Tushlik – 13:00 – 14:00
- Sho‘balar yig‘ilishi – 14:00 – 16:00
- Konferensiyaning yakuniy yig‘ilishi – 16:00 – 17:00
Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Sebzor ko‘chasi 22 a - uy




