“Zamonaviy media: huquq, xavfsizlik va raqamli vositalar” – yosh jurnalistlar uchun trening boshlandi

“Zamonaviy media: huquq, xavfsizlik va raqamli vositalar” – yosh jurnalistlar uchun trening boshlandi

December 02 , 2025

|

948

Nordik universitetida yosh jurnalistlar uchun zamonaviy media muhitida ishlash, huquqiy savodxonlik, axborot xavfsizligi va raqamli vositalardan samarali foydalanish bo‘yicha besh kunlik intensiv trening start oldi.

Ochilish qismida ishtirokchilar trening maqsadlari va kutilayotgan natijalar bilan tanishtirildi, o‘zaro tanishuv va fikr almashish muhiti yaratildi. 


“Qonun ustuvorligi, inson huquqlari va demokratlashtirishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori Ofisi ko‘magida o‘tkazilayotgan treningda Nordic University talabalari hamda yosh jurnalistlar ishtirok etishmoqda.


Bugungi mashg‘ulotlar davomida Patent vakillari assotsiatsiyasi rahbari, yurist va mediator Madina Tursunova ishtirokchilarga O‘zbekistonda OAV to‘g‘risidagi qonunchilik, jurnalist huquqlarini himoya qilish mexanizmlari, tahririyatning mas’uliyati hamda axborot olish tartibi haqida atroflicha ma’lumot berdi.


Zamonaviy jurnalistikaning asosiy tamoyillari, davlat organlaridan ma’lumot olish jarayonlari, so‘rov yuborish qoidalari ham amaliy misollar orqali muhokama qilindi.


Bugungi axborot oqimi keskin tezlashgan davrda jurnalistning xavfsiz va qonuniy ishlashi, feyk ma’lumotlarni aniqlay olishi, ochiq ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanishi va auditoriya ishonchini saqlashi muhim.


Shu nuqtai nazardan trening nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.


Besh kun davom etadigan treningda ishtirokchilar professional faktcheking, jurnalistik surishtiruv, media va axborot savodxonligi, “hate speech”ning turli jihatlari, SMM va kontent ishlab chiqish, shuningdek AI vositalari bilan ishlash bo‘yicha chuqurlashtirilgan mashg‘ulotlar o‘tadilar.

photo-2025-12-02-11-57-55-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-02-11-57-55-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-02-11-57-55-4
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-02-11-57-56-4
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-02-11-57-55-5
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-02-11-57-56-3
Ko‘rib chiqish