Yoshlar siyosati: kelajakni bugundan qurish mas’uliyati

February 27 , 2026
236
Bugungi kunda 22 million yosh — bu shunchaki statistika emas, bu millatning ertangi kuni, Yangi O‘zbekistonning tayanchi va taraqqiyotning eng qudratli resursidir.
"Xalq so‘zi" gazetasining bugungi sonida “Aks-sado” ruknida e’lon qilingan maqolada Ko‘ksaroy qarorgohida Prezidentimizning yoshlar bilan muloqoti doirasida ko‘tarilgan masalalar chuqur va tizimli tahlil etilgan.
Maqolada yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari — ta’lim sifati, bandlikni ta’minlash, innovatsion fikrlashni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik muhitini kengaytirish, jismoniy sog‘lomlik va ma’naviy barqarorlikni mustahkamlash masalalari keng yoritilgan.
Raqamlar ortidagi natijalar, mavjud holat va istiqbol o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ochib berilgan.
Har yili mehnat bozoriga kirib kelayotgan yuz minglab yoshlar — bu ulkan imkoniyat. Ammo ayni paytda bu puxta reja, aniq strategiya va mas’uliyatli boshqaruvni talab etuvchi dolzarb vazifadir.
Bugun qanday yangi islohot va tashabbuslar ilgari surilmoqda?Taraqqiyot formulasi qanday tuziladi? Sifat, mazmun va natija uyg‘unligini ta’minlashda ta’lim rahbarlari zimmasiga qanday vazifalar yuklanadi?
Muallif ta’kidlaganidek:
“Yangi O‘zbekistonda xalq osuda tong orttirishi uchun rahbarning vijdoni ham, mas’uliyati ham bedor bo‘lishi shart.”
📌 Batafsil — "Xalq so‘zi"ning 27-fevral sonida.
Muallif: Sherzod Mustafakulov — Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor.
So'nggi yangiliklar

Universitet Kengashining 2-son yig‘ilishi o‘tkazildi
Kengashda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni maxsus akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalasiga eʼtibor qaratildi.
Milliy reyting indikatorlari asosida kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, akademik faoliyat sifati, ilmiy-tadqiqot natijalari, xalqaro hamkorlik darajasi, bitiruvchilarning bandligi hamda raqamlashtirish ko‘rsatkichlari universitetning raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy omillar sifatida e’tirof etildi.
Professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonlarini zamonaviy axborot tizimlari asosida tashkil etish masalasi ham keng muhokama qilindi. Yagona raqamli portfolio tizimini yo‘lga qo‘yish orqali pedagoglarning kasbiy rivojlanishini kuzatish, ilmiy va metodik faoliyat natijalarini tizimli jamlash hamda attestatsiya jarayonlarining shaffofligini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda. Mazkur tashabbus universitet boshqaruvida raqamli transformatsiya jarayonining mantiqiy davomidir.
Shuningdek, universitetning nufuzli global reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash masalasi ham e’tibor markazida bo‘ldi. Ilmiy maqolalar soni va ularning iqtiboslilik darajasini oshirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, xorijiy professor-o‘qituvchilar ulushini ko‘paytirish hamda ta’lim jarayonini to‘liq raqamlashtirish kabi vazifalar belgilab olindi.
Kengashda Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar kafedrasi qoshida xalqaro elektron ilmiy jurnalni ta’sis etish tashabbusi ham qo‘llab-quvvatlandi. Mazkur loyiha sanoat menejmenti, raqamli iqtisodiyot va innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlarni ommalashtirish, xalqaro mualliflar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda universitetning ilmiy brendini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Kun tartibidagi turli masalalar — o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni nashrga tavsiya etish, shuningdek, akademik jarayonlar bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ko‘rildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Kengash yakunida bir guruh ilmiy daraja olgan professor-o‘qituvchilarga diplomlar topshirildi. Tug‘ilgan kun egalari samimiy tabriklandi!

Digital himoya — kuchli karyera
“Kiberxavfsizlik asoslari: tarmoq va tizim administratorligi”.
🎤 Mehmon-speaker:
• Sohibxo‘ja Saidmurodov — ilm.uz IT Akademiyasi direktori, (SysAdminX) — NetAdmin mutaxassis, mentor va amaliyotchi ekspert.
🔥 Uchrashuvda:
📡 Kiberxavfsizlik tushunchasini anglash
🔐 SysAdminlik sohasining ahamiyati
💰 Mutaxassislarga talab va o‘rtacha maosh
🚀 IT sohasida karyerani noldan boshlash bo‘yicha yo‘l xaritasi
🧠 Mentor bilan ochiq savol-javob va networking imkoniyati mavjud.
📅 27-fevral | 14:00
📍Manzil: 3-bino, 102-xona.
🔥 IT karyera trend emas — ehtiyoj! Faol qatnashing!

Nordikning yangi adabiyotlari nashrga tasdiqlandi
📘 "Jahon tarixi: Eng qadimgi davr va ilk davlatlar" — mualliflar: Muxriddin Pardayev, Najmiddin Qodirov.
Bu o‘quv qo‘llanma talabalar va tarix ixlosmandlari uchun yangi ilmiy poydevordir.
📗 "Iqtisodiy rivojlanish" darsligi — mualliflar Raʼno Mardonova, Javlonbek O‘razaliyev, Mashhurbek Maqsudov, Madina Shakirova.
Darslik global iqtisodiyot, barqaror o‘sish, zamonaviy islohotlardan xabardorlik darajasini oshiradi, tahliliy fikrlashni oshiruvchi zamonaviy qo‘llanmadir.
💻 "Digital Technologies" o‘quv qo‘llanmasi — muallif Muzaffarjon Abdulaxatov.
Bu adabiyot raqamli dunyo, sun’iy intellekt, zamonaviy IT yechimlar — kelajak kasblariga tayyorlaydigan amaliy va innovatsion qo‘llanmadir.
📖 Nordik nashrlari bilan ilm doirangizni kengaytirib boring!

Komil inson sari: bo‘lajak pedagoglar uchun motivatsion uchrashuv
“Komil inson, mahoratli mutaxassis va shaxs” mavzusida o‘tgan mazkur dars ilmiy-motivatsion maydonga aylandi.
Trenerlar — Nordik universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Odil Qo‘ysinov hamda Pedagogik ta’lim va psixologiya kafedrasi professori Sherali Abduraimov ishtirokchilarga zamonaviy ta’lim falsafasi mazmun-mohiyatini tahliliy yondashuvlar bilan ochib berdilar.
Ochiq muloqot formatida o‘tgan dars davomida ta’lim islohotlarining amaliy natijalari, Finlandiya tajribasi va xalqaro standartlarga asoslangan yondashuvlar, real keyslar asosidagi yechimlar muhokama qilindi.
Shuningdek, Xalqaro Nordik universitetining zamonaviy ta’lim xizmatlari, kadrlar tayyorlash va malaka oshirishdagi innovatsion yondashuvlari, qo‘shma dasturlar hamda stajirovka imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Mahorat darsida Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda amaliyotchi mutaxassislar faol ishtirok etib, nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar oldilar.