Xalqaro simpoziumda dunyo navoiyshunos olimlari jamlandi

Xalqaro simpoziumda dunyo navoiyshunos olimlari jamlandi

February 09 , 2025

|

2054

Navoiy shahrida ulug‘ alloma va shoir Alisher Navoiyning 584 yilligi munosabati bilan "Alisher Navoiy va Sharq Renessansi" mavzusida IV xalqaro simpozium o‘tkazildi.

Dunyoning 20 ga yaqin mamlakatidan navoiyshunos olimlar va respublikamiz taniqli akademiklari, professor-o‘qituvchilari va ziyolilari jamlangan anjumanda Nordik universiteti adabiyot fani o‘qituvchisi, navoiyshunos Sitorabonu Shomuroda ham o‘z maʼruzasi bilan ishtirok etdi. 


Uning "Alisher Navoiy g‘azallariga bog‘langan muxammaslar" mavzusidagi maʼruzasida buyuk o‘zbek shoiri boy merosining shoirlar ijodiga keng taʼsiri haqida so‘z bordi. 


- 2025-yil Navoiy viloyatida "Alisher Navoiy yili" deb eʼlon qilinishi hamda buyuk mutafakkir hazrat Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan xalqaro simpozium doirasida buyuk siymo ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdik. Ona tilimizni ulug‘lash, adabiyotimizni rivojlantirish va maʼnaviyatimizni yuksaltirish yo‘lida mustahkam asos bo‘ladigan yanada keng va yangi manbalarga ega bo‘ldik. 


Ayniqsa, konferensiya ishtirokchilari uchun Prezidentimiz tomonidan yo‘llangan tabrikni katta qiziqish bilan tingladik" - deydi Sitorabonu Shomurodova. 

Artboard-8-29
Ko‘rib chiqish
Artboard-1-41
Ko‘rib chiqish