Xalqaro Nordik universiteti delegatsiyasi Malayziyada taʼlim safarida bo‘lib turibdi

Xalqaro Nordik universiteti delegatsiyasi Malayziyada taʼlim safarida bo‘lib turibdi

February 04 , 2025

|

2418

Har ikki davlat oliy taʼlim vazirliklari hamkorligida "Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy taʼlim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar" mavzusida birinchi O‘zbekiston-Malayziya taʼlim forumi o‘tkazilmoqda.

Nufuzli anjuman ochilishida davlatlarimiz Madhiyalari yangradi, madaniy chiqishlar namoyish etildi. 


O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Malayziya Oliy taʼlim vaziri Zambry Abdul Kadir ikki mamlakat o‘rtasida oliy taʼlim sohasida mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida taʼkidladilar.


Forum doirasida Xalqaro Nordik universiteti hamda Malayziyaning Osiyo Tinch okeani texnologiya va innovatsiya universiteti (APU), Sulton Idris Pedagogika universiteti (UPSI), Utara universiteti (UUM) kabi qator nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. 


Nordik universiteti qo‘shma taʼlim dasturlariga Malayziya yoshlarini jalb etish va ularning Finlandiyada o‘qishni davom ettirishlariga ko‘maklashish, talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish dasturlarini joriy etish kabi istiqbolli yo‘nalishlarda muzokaralar olib borilmoqda. 


Shuningdek, Toshkent shahrida "O‘zbekiston-Malayziya biznes va taʼlim forumi"ni tashkil etish, xorijiy investorlar bilan talabalarga qulaylik yaratishni ko‘zda tutuvchi loyihalarni amalga oshirish borasida kelishuvlarga erishilyapti.

Artboard-14-13
Ko‘rib chiqish
Artboard-13-15
Ko‘rib chiqish
Artboard-21-5
Ko‘rib chiqish
Artboard-16-10
Ko‘rib chiqish