Xalqaro hamkorlik sari yana bir qadam

March 27 , 2025
83
Nordik universiteti rasmiy delegati N. Islamov Xitoy Xalq Respublikasida taʼlim safarida bo‘lib turibdi.
U Xitoyning Makao maxsus maʼmuriy hududidagi Venetsiya-Makao ekspo markazida tashkil etilgan yirik ko‘rgazmada qatnashmoqda. Mazkur tadbirda 50 dan ortiq davlatning 70 dan ziyod tashkiloti ishtirok etyapti va unda Nordik universitetining imkoniyatlari ham keng namoyish etilyapti.
Bu tashrif universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va taʼlim sohasidagi global imkoniyatlardan foydalanishga xizmat qiladi. Tashrif davomida muhim kelishuvlar amalga oshirilishi rejalashtirilyapti.



So'nggi yangiliklar

Koreya bilan hamkorlik: Dongseo University bilan yangi kelishuv
Busan shahrida joylashgan, mintaqada va mamlakat miqyosida yetakchi innovatsion universitet vakillari bilan qiziqarli muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda integratsiyalashgan qo‘shma taʼlim dasturlari ochish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashish, amaliy o‘rganish imkoniyatini oshiruvchi virtual taʼlim strategiyalari bo‘yicha tajriba almashish xususida so‘z bordi.
Tashrif davomida har ikki tomon uchun manfaatli yo‘nalishlarda dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Nordik dunyo investorlari bilan!
30 dan ortiq yetakchi hamkor davlatlardan 200 dan ziyod kompaniya rahbarlari, Toshkentdagi diplomatik korpus vakillari, mutaxassislar va olimlar ishtirok etayotgan forumda investitsion, turizm salohiyati va yuqori inson kapitali ustunliklari namoyish etilmoqda.
Shuningdek, tadbir doirasida "yashil transformatsiya", agrosanoat rivojlanishi, investitsiyaviy loyihalarni o‘zlashtirish darajasi xususida so‘z bordi.
Xalqaro Nordik universiteti rasmiy delegati N.Islamov B2B formatdagi muzokaralar davomida O‘mon Sultonligi biznes vakillari, xususan "Oman Trading Establishment Group" (2021-yil Forbes ro‘yxatiga kirgan) kompaniya rahbari S.Mohamed va "GreenOasis AG" direktori S.Muhammad bilan istiqbolli loyihalar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.
😎Endilikda hamkorlarimiz qatorida Forbes ro‘yxatidagi investorlar ham bor!

Zulfiya Xamidova dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi!
U "Iqtisodiyot nazariyasi" ixtisosligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dotsentlik diplomiga sazovor bo‘ldi.
Zulfiya Xamidovani ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz va kelgisi ilmiy faoliyatida ham muvaffaqiyat tilaymiz!

Kelajakka qadam: talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki huzuridagi "Kelajakka qadam" markazi masʼul xodimi, "O‘zmilliybank" AJ loyiha menedjeri Azimjon Ilhomov va Nordik prorektori Muhammadsiddiq Amonboyev tomonidan talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-sonli qarori va uning ijrosini ta'minlashga qaratilgan 114-sonli buyruq mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirildi.
Uchrashuv davomida:
➖ Bitiruvchi yoshlar uchun yaratilayotgan mehnat bozoriga mos imkoniyatlar;
➖ Tadbirkorlik faoliyatini boshlovchi bitiruvchilarga ajratiladigan kreditlar;
➖ Pullik amaliyot dasturlari va
ish beruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mexanizmlar haqida keng ma'lumot berildi.
Mazkur tadbir mehnat bilan band bo‘lmagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularning iqtisodiyotdagi ishtirokini kuchaytirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.