"Work and Travel" dasturi - amalda!

May 20 , 2023
88
XNU talabalari "Work and Travel" dasturi doirasida Shimoliy Yevropaga sayohatga jo‘nab ketishdi! 🌍
Xalqaro Nordik universitetining bir guruh talabalari fakultet dekani Elshod Umarov boshchiligida "Work and Travel" dasturi bo‘yicha Shimoliy Yevropaga yo‘l olishdi.
📌 Dastur ishtirokchilarini quyidagilar kutmoqda:
✅ Xorijiy davlatlarda yangi do‘stlar orttirish
✅ Turli madaniyatlar bilan tanishish
✅ Xorijiy tillarda muloqot ko‘nikmasini rivojlantirish
✅ Unutilmas sayohat tajribasi
🌟 Talabalarimizga omad va yangi kashfiyotlar tilaymiz!
So'nggi yangiliklar

Taʼlimda innovatsion hamkorlik: Nordik universiteti va Leader Online - yangi bosqich sari
Uchrashuv davomida akademik hamkorlikni chuqurlashtirish, raqamli taʼlim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, maktab o‘quvchilari uchun bakalavriat bosqichida xalqaro taʼlim dasturlariga yo‘l ochish, innovatsion pedagogik yondashuvlarni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Yuqori sifatli taʼlimni taʼminlash va taʼlim innovatsiyalarini keng qo‘llash, talabalarning raqamli kompetensiyalarini shakllantirish va akademik salohiyatini oshirishni nazarda tutuvchi hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Nordik nashrlariga ruxsatnomalar olindi
Tasdiqlangan adabiyotlar:
📘 "Mikroekonomika" darsligi (Sh.Mustafakulov, X.Sabirov, R.Mardanova)
📔 "Amaliy matematika" o‘quv qo‘llanmasi (A.Boltayev, X.Xudoyberdiyev, B.Atamuradova)
📗 "Макроэкономический анализ" darsligi (X.Sabirov, R.Mardanova, E.Umarov)
📕 "Makroiqtisodiy tahlil" darsligi (X.Sabirov, R.Mardanova, K.Ibragimova, Sh.Rajabov)
📙 "Makroiqtisodiy siyosat" darsligi (R.Mardanova, I.Qodirov, Z.Uralbayev)
🎼 "Orkestr sinfi" o‘quv qo‘llanmasi (I.Ro‘zimurodov)
📓 "English for management" darsligi (D.Nasriddinov)
📙 "Maktabgacha taʼlim asoslari" o‘quv qo‘llanmasi (D. Maxmudova).
Ilmiy salohiyat, amaliy tajriba va metodik yangiliklar uyg‘unligida yaratilayotgan har bir nashr talabalar uchun sifatli taʼlimga yo‘naltirilmoqda.

MOCCA loyihasi: dunyo tadqiqotchilari nufuzli anjumanda
Unda o‘nlab nufuzli oliygohlar qatorida XNUning Xalqaro aloqalar departamenti boshlig‘i Abdurauf Tolibov ham ishtirok etyapti. U "O‘zbekistonda oila, huquq va jamiyat, korrupsiya va huquqiy madaniyat" mavzusida maʼruza qildi.
Konferensiyada qizg‘in munozaralar asosida korrupsiyaga qarshi yechimlar borasida xalqaro tajribalar almashilmoqda.

Koreya bilan hamkorlik: Dongseo University bilan yangi kelishuv
Busan shahrida joylashgan, mintaqada va mamlakat miqyosida yetakchi innovatsion universitet vakillari bilan qiziqarli muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda integratsiyalashgan qo‘shma taʼlim dasturlari ochish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashish, amaliy o‘rganish imkoniyatini oshiruvchi virtual taʼlim strategiyalari bo‘yicha tajriba almashish xususida so‘z bordi.
Tashrif davomida har ikki tomon uchun manfaatli yo‘nalishlarda dastlabki kelishuvlarga erishildi.