Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbar kadrlar yetishtirib borish maqomi bilan dovrug‘ qozongan. Ushbu oliygohning "Iqtisodchi" gazetasida tashkil etilgan "Nufuzli bitiruvchi" ruknida gazetxonlarga ana shunday muvaffaqiyatli rahbar kadrlar tanishtirib boriladi. "Iqtisodchi" gazetasining 2022-yil 30-oktabr sonidagi "Ilm yo‘lida dovonlar oshib" sarlavhali maqolada Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov haqida so‘z borgan. Maqolada ustozimizning yosh rahbar sifatidagi o‘ziga xos fazilatlari - samimiy va talabchan, izlanuvchan, tinib-tinchimas jihatlari ibrat tarzida qalamga olingan. Gazeta orqali ustozning ilm qozonida qaynash asnosidagi muvaffaqiyatli odimlari, oliy ta'lim islohotlaridagi o‘ziga xos fidokorona ishtiroki va mehnatlariga chizgi berilgan.
Mehnatlar e'tirof topganda...

November 16 , 2022
1703
"Ilm yo‘lida dovonlar oshib"
So‘nggi yangiliklar
Ta’limdan yashil energetikagacha: Gonkong delegatsiyasi bilan muhim uchrashuv
Raqamli ta’limda aqlli ta’lim sari: Nordikda AI davrida taʼlimning yangi modeli taqdim etildi
Bilim, do‘stlik va yangi imkoniyatlar: Nordic International School’da yangi o‘quv yili boshlandi!
DUNYO NIGOHIDAGI YANGI O‘ZBEKISTON
Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring