📌 Xalqaro Nordik Universiteti rahbariyati va AQShning Cintana Education ta’lim kompaniyasi vakili, professor Dr. Said Irandoust o‘rtasida muzokara o‘tkazildi.
📍 Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
✅ Cintana Education’ning O‘zbekistonda yangi ta’lim dargohini tashkil etish rejalari;
✅ Xalqaro Nordik Universiteti bilan hamkorlik imkoniyatlari;
✅ O‘zbekistonda ilg‘or tajribalar markazini tashkil etish va xorijiy ta’lim texnologiyalarini o‘rganish;
✅ Bilim almashish mexanizmini joriy etish.
📝 Ma’lumot o‘rnida:
📌 Cintana Education – AQShda innovatsiyalar bo‘yicha 1-o‘rinda turuvchi Arizona Shtat Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
📌 Dunyo bo‘ylab 75 dan ortiq universitetlarga transformatsion resurslar va hamkorlik imkoniyatlari bilan yordam beradi.
📌 Dunyodagi eng yirik 9 ta yangi universitetni loyihalashtirgan, 20 ta tibbiyot maktabini tashkil etgan.
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShga tashrifi chog‘ida Cintana Education rahbari bilan ushbu loyiha bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan edi.
🔗 Batafsil
🔗 Cintana Education haqida: www.cintana.com




