Adabiyot kechasi: tarjima sanʼati va ustoz tarjimon mahoratiga nazar

Adabiyot kechasi: tarjima sanʼati va ustoz tarjimon mahoratiga nazar

March 05 , 2025

|

485

Nordik universitetida  yozuvchi, benazir tarjimon, adabiyotshunos-tanqidchi,  Do‘stlik ordeni sohibi, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov va adabiyotshunos olim, "Shuhrat" medali, "Xalq taʼlimi aʼlochisi" unvonlari sohibi Rahmon Qo‘chqor ishtirokida "Adabiyot kechasi" o‘tkazildi.

Adabiyot ruhni yuksaltiradi, didni o‘tkirlashtiradi va shuurni nurlantiradi. Dunyoga mashhur asarlar muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi anʼanaviy adabiy tadbirda Fyodor Dostoyevskiyning "Jinoyat va jazo" asari keng tahlil etildi. 


Nordik universiteti Jurnalistika, Musiqa taʼlimi mutaxassisligi va yo‘nalishi talabalari ishtirokida o‘tgan anjumanda rektor Sherzod Mustafakulov mohir tarjimon Ibrohim G‘afurov va "Hayrat" ko‘rsatuvi muallifi Rahmon Qo‘chqorning ijodiy faoliyatlari, adabiyot va ilm-fan olamidagi ibratli saʼy-harakatlariga chizgi berib o‘tdi. Jahonda o‘nlab sara asarlar yaratilishiga turtki, ilhom bag‘ishlagan, eng ko‘p muhokama, tahlil va tadqiqlarga sabab bo‘lgan "Jinoyat va jazo" asari hamda uning qahramoni haqida ham to‘xtaldi. 


Anjumanda Ibrohim G‘afurov talabalarga tarjima sanʼati, uning mashaqqatlari, Dostoyevskiy asarlarida aks etgan inson psixologiyasi va xarakterining nozik jihatlari bilan keng tanishtirdi. 


- Jurnalistika - adabiyot bilan qondosh. Dostoyevskiy asarlari haqida suhbat qurarkanmiz adabiyot nima ekanligini maʼnaviy jihatdan yanada teran anglaymiz. Adabiyotga ishtiyoq qalbimda bolaligimdayoq uyg‘ongan. Zero, bolalik, o‘smirlikda kitobga muhabbat uyg‘onsa har qanday sharoitda ham umr bo‘yi davom etadi. Dostoyevskiy asarlari yangi maftunkor badiiy yo‘nalish. Tarjimaning insonlar onggini charxlash, axloqiga taʼsir etish kuchini anglaganimda, odamlarni muhim masala va mavzular atrofida birlashtirishi, o‘quvchini ohangrabodek tortib olishini ko‘rganimda bu ijodiy faoliyatga katta qiziqishim uyg‘ongan, - dedi Ibrohim G‘afurov. - Jahon adabiyoti bilan yuzlashib, odamlarning ruhiy, maʼnaviy hayotiga katta o‘zgarishlar olib kiradigan, ilm, odob, go‘zallik va insoniylik haqidagi bilimlarni kuchaytiradigan kitoblarni tanlab tarjima qilish hayotim mazmuniga aylandi. Ayniqsa, Dostoyevskiyning asarlarida siyqa tasvir yo‘qligi, voqealardagi o‘tkir va go‘zal tizimlilik o‘zimizning asarlardek qabul qilib, o‘qishimizga sabab bo‘ladi. Uning asarlarini shunday badiiy mukammal tarjima qilish kerakki, kitobxon uni to‘xtamay, hech bir ishtiboh, shubha uyg‘onmay o‘qishi kerak. Eng olijanob, umumbashariy tuyg‘ularni boricha tarjima qilmoq kerak. Bugungi uchrashuv oldidan o‘zim tarjima qilgan "Jinoyat va jazo" asarini qayta o‘qib ham katta hayajon, hayrat tuydim... 


Anjumanda shuningdek, Rahmon Qo‘chqor "Jinoyat va jazo" asarining inju jihatlari, yozuvchi fenomeni, asar tarjimonining betakror mahoratiga keng to‘xtaldi. Bu tarjimalar adabiy savodini chiqargani, ularni tushunish uchun o‘qib, tafakkur qilib yuksakka chiqish kerakligini taʼkidladi. "Jinoyat va jazo" asariga to‘xtalar ekan, matn emas, romanga qorishgan epoxa tarjima qilingan deya taʼrif berdi. Bu uchrashuvning qadrli kun ekanligini ham eʼtirof etib o‘tdi. 


Anjumanda talabalar tarjimalar ortidagi ilhom va mashaqqatlardan xabardor bo‘ldilar, asardagi haqiqatlar sharhlarini tinglab, ko‘plab yangi tahlillarga ega bo‘ldilar. 


Uchrashuvda muhokama qilingan asar haqida talabalar qarashlari ham tinglandi. Musiqiy tanaffusda "Nordik taronasi" ansambli ijrosida mumtoz kuy-qo‘shiqlarga quloq tutildi. 


Boy mazmun-mohiyat kasb etgan anjuman mehmonlariga ehtirom ko‘rsatilib, tadbirga yakun yasaldi.


Anjuman doirasida "Yangi asr avlodi" nashriyoti tomonidan Ibrohim G‘afurov tarjimalari - Dostoyevskiy asarlari va boshqa ko‘plab yangi kitoblar ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.

Artboard-6-52
Ko‘rib chiqish
Artboard-4-56
Ko‘rib chiqish
Artboard-12-22
Ko‘rib chiqish
Artboard-5-56
Ko‘rib chiqish
Artboard-8-38
Ko‘rib chiqish
Artboard-1-58
Ko‘rib chiqish
Artboard-2-60
Ko‘rib chiqish
Artboard-9-33
Ko‘rib chiqish
Artboard-10-30
Ko‘rib chiqish
Chop etish

So'nggi yangiliklar

Nordikning yangi adabiyotlari nashrga tasdiqlandi

Nordikning yangi adabiyotlari nashrga tasdiqlandi

📘 "Jahon tarixi: Eng qadimgi davr va ilk davlatlar" — mualliflar: Muxriddin Pardayev, Najmiddin Qodirov. 


Bu o‘quv qo‘llanma talabalar va tarix ixlosmandlari uchun yangi ilmiy poydevordir. 


📗 "Iqtisodiy rivojlanish" darsligi — mualliflar Raʼno Mardonova, Javlonbek O‘razaliyev, Mashhurbek Maqsudov, Madina Shakirova. 


Darslik global iqtisodiyot, barqaror o‘sish, zamonaviy islohotlardan xabardorlik darajasini oshiradi, tahliliy fikrlashni oshiruvchi zamonaviy qo‘llanmadir. 


💻 "Digital Technologies" o‘quv qo‘llanmasi — muallif Muzaffarjon Abdulaxatov. 


Bu adabiyot raqamli dunyo, sun’iy intellekt, zamonaviy IT yechimlar — kelajak kasblariga tayyorlaydigan amaliy va innovatsion qo‘llanmadir. 


📖 Nordik nashrlari bilan ilm doirangizni kengaytirib boring!

Komil inson sari: bo‘lajak pedagoglar uchun motivatsion uchrashuv

Komil inson sari: bo‘lajak pedagoglar uchun motivatsion uchrashuv

“Komil inson, mahoratli mutaxassis va shaxs” mavzusida o‘tgan mazkur dars ilmiy-motivatsion maydonga aylandi. 


Trenerlar — Nordik universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Odil Qo‘ysinov hamda Pedagogik ta’lim va psixologiya kafedrasi professori Sherali Abduraimov ishtirokchilarga zamonaviy ta’lim falsafasi mazmun-mohiyatini tahliliy yondashuvlar bilan ochib berdilar.


Ochiq muloqot formatida o‘tgan dars davomida ta’lim islohotlarining amaliy natijalari, Finlandiya tajribasi va xalqaro standartlarga asoslangan yondashuvlar, real keyslar asosidagi yechimlar muhokama qilindi.


Shuningdek, Xalqaro Nordik universitetining zamonaviy ta’lim xizmatlari, kadrlar tayyorlash va malaka oshirishdagi innovatsion yondashuvlari, qo‘shma dasturlar hamda stajirovka imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.


Mahorat darsida Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda amaliyotchi mutaxassislar faol ishtirok etib, nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar oldilar.


Nordikdan yana bir xalqaro natija — Scopus Q1: ustozlarimiz maqolalari yuqori ilmiy segmentlarda

Nordikdan yana bir xalqaro natija — Scopus Q1: ustozlarimiz maqolalari yuqori ilmiy segmentlarda

Bu maqola xalqaro ekspertlar taqrizidan muvaffaqiyatli o‘tgan, ilmiy yangilik va metodologik mustahkamligi isbotlangan tadqiqot demakdir.


🔬 1-MAQOLA 🧬 Sog‘liqni 24/7 nazorat qilish imkoniyatini beruvchi biointegratsiyalashgan tizimlar haqida. 


“Materiallar, qurilma arxitekturasi va klinik qo‘llanmalar asosida uzluksiz tibbiy monitoring uchun biointegratsiyalashgan tizimlar” mavzusida. 


Ushbu tadqiqotda inson salomatligini real vaqt rejimida monitoring qilish imkonini beruvchi biointegratsiyalashgan wearable (taqiladigan) tizimlar ilmiy tahlil qilingan. Yurak urishi, qon bosimi, glyukoza darajasi, kislorod to‘yinganligi — bularni uzluksiz kuzatish endi bugunning texnologik haqiqatidir.


Maqolada ilg‘or biomateriallar, qurilma arxitekturasi va klinik qo‘llanmalar ilmiy asosda yoritilgan.


🔗 To‘liq maqola: https://nesciences.com/article/72994/


🔬 2-MAQOLA kasallikni erta aniqlash — hayotni saqlab qolish imkoniyatiga bag‘ishlangan. 


“Yuqori sezgir aniqlash va bemor yonida qaror qabul qilishni ta’minlovchi translatsion tibbiyot uchun mikro-nano muhandislik asosidagi biosensor platformalar” mavzusida. 


Mazkur maqolada mikro va nano muhandislik asosidagi biosensor platformalar tahlil qilingan. 


Point-of-Care texnologiyasi — laboratoriyadan tashqarida, bemor yonida tezkor diagnostika.


Yuqori sezgirlik va aniqlik zamonaviy tibbiyotning eng dolzarb talabidir. 


Bu tadqiqot nafaqat ilmiy yangilik, balki klinik amaliyotga tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan innovatsion yechimdir.


🔗 To‘liq maqola bilan tanishish: https://nesciences.com/article/72983/

O‘zbekiston 24 | Carnegie R1 darajasidagi hamkorlik: Toshkentdan Vashingtongacha ilmiy ko‘prik qurildi!

O‘zbekiston 24 | Carnegie R1 darajasidagi hamkorlik: Toshkentdan Vashingtongacha ilmiy ko‘prik qurildi!

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistondagi Xalqaro Nordik universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik — amaliy natijaga yo‘naltirilgan ilmiy qadam. 


Nordic — Rowan (https://www.rowan.edu/) hamkorligida ochilgan xalqaro markazda talabalar:

➖ ikki tomonlama diplom dasturlari orqali ikki universitet diplomini qo‘lga kiritish;

➖ Toshkentdagi markazda tahsil olib, AQShdagi ta’lim muhitiga yo‘l olish;

➖ ilmiy izlanishlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvi orqali global tajribaga ega bo‘lish imkoniyatiga erishadilar. 


“Mamlakatlar va xalqlarni hamkorlikka chorlaydigan har qanday tashabbus ijodiy natija beradi”, — deydi doktor Lowman.

Bu tashrif — nafaqat diplomatik muloqot, balki ilmiy integratsiya, innovatsion tafakkur va yoshlar uchun global imkoniyatlar maydonidir."


Kuz mavsumida dasturga qiziqish yanada oshishi kutilmoqda. Bu esa O‘zbekiston–AQSh ilmiy hamkorligining yangi bosqichga chiqayotganidan dalolat.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish