Ta’lim, ma’rifat va innovatsiyalar yo‘lida muhim hamkorlik

Ta’lim, ma’rifat va innovatsiyalar yo‘lida muhim hamkorlik

May 06 , 2026

|

1314

Xalqaro Nordik universiteti va “Ziyoli avlod" madaniyat va ma’rifat markazi rahbariyatlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida yoshlarning ilmiy, ijodiy va ma’naviy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish hamda innovatsion tashabbuslarni rivojlantirish masalalarida so‘z bordi. 


Ilmiy-amaliy konferensiyalar, forum va festivallar tashkil etish, yoshlarning madaniyat va san’atga qiziqishini oshirish, 

kreativ va innovatsion loyihalarni rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikning ahamiyati taʼkidlandi. 


Shuningdek, “Innovation Scholar” ilmiy jurnalining salohiyatini universitetning boy ilmiy-tadqiqot resurslari va professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalari bilan boyitish, faol xodimlar va talaba-yoshlarni "Ziyoli avlod — millat iftixori" esdalik nishoni bilan taqdirlash, ma’naviy-ma’rifiy loyihalar orqali yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini keng namoyon etishga kelishildi. 


Shuningdek, o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanib, bilim, ma’rifat va kreativ tafakkur uyg‘unlashgan yangi imkoniyatlarga yo‘l ochildi.

photo-2026-05-06-15-51-28-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-05-06-15-51-29-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-05-06-15-51-29
Ko‘rib chiqish
photo-2026-05-06-15-51-30
Ko‘rib chiqish
photo-2026-05-06-15-51-30-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-05-06-15-51-30-3
Ko‘rib chiqish