#Nordik_xalqaro_hamkorlik #Tarixiy_xotira
“O‘zbekistonlik mehnat armiyachilarining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi jasorati” mavzusiga bag‘ishlangan anjumanda tarixiy xotirani asrash, arxiv manbalari va xalqlar o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni o‘rganishga eʼtibor qaratildi.
Tarixni asl hujjatlardan o‘rganish muhimdir. Ko‘rgazma talabalarga o‘tmish voqealarini arxiv materiallari orqali anglash, tarixiy dalillarni tahlil qilish va insonlar taqdirlari ortidagi murakkab jarayonlarni chuqurroq tushunish imkonini berdi.
Tadbirda tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Milliy arxivining bosh ilmiy xodimi Muhayyo Isakova tarixiy xotiraning ilmiy va ijtimoiy ahamiyatiga to‘xtaldi.
Perm o‘lkasi davlat arxivi vakillari xalqlar do‘stligi va umumiy tarixiy xotira, urushdagi G‘alaba tarixiy xotirasini saqlash tajribasi haqida ma’ruzalar qildilar.
Shuningdek, Rossiya xalqlari assambleyasining Perm o‘lkasidagi hududiy bo‘limi, “Monument Art” zamonaviy san’at festivali kurator va rassomlari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Ko‘rgazmaning O‘zbekiston Milliy arxivi hujjatlari va eksponatlari taqdimotiga bag‘ishlangan qismida ishtirokchilar tarixiy materiallar bilan yaqindan tanishib, mehmonlar bilan muloqot qildilar.
Nordikda mehnat armiyachilarining jasorati yodga olindi

October 14 , 2026
190
Xalqaro Nordik universitetida O‘zbekiston Milliy arxivi hamda Perm o‘lkasi arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Foto galereya
3
Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring