Nordikda xalqaro imtihonlar bo‘yicha yangi rejalar muhokamada!

Nordikda xalqaro imtihonlar bo‘yicha yangi rejalar muhokamada!

October 09 , 2026

|

184

Nordik universiteti hamkori — Educational Testing Service (ETS)ning Yevroosiyo va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Anna Gutkowska-Zając boshchiligidagi delegatsiya bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Maqsad TOEFL imkoniyatlarini yanada kengaytirish. Uchrashuvda hamkorlikni yangi tashabbuslar bilan boyitish, talabalar va ingliz tili o‘qituvchilari uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Har oy ingliz tili o‘qituvchilari uchun seminar va treninglar o‘tkazish, professional rivojlanishlariga ko‘maklashish, yirik ta’lim tadbirlari — talabalar, pedagoglar va universitetni birlashtiradigan yangi loyihalar, 200 ta TOEFL vaucheri — imtihonga qiziqishni oshirish bo‘yicha keng qamrovli rejalar muhokama qilindi.

Nordik universitetining tashkiliy imkoniyatlari va ta’limiy tashabbuslari, ETSning esa xalqaro tajriba, ekspertlik va rasmiy tayyorlov resurslari asosida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Foto galereya

3
photo-2026-10-09-11-29-49
Ko‘rib chiqish
photo-2026-10-09-11-29-53
Ko‘rib chiqish
photo-2026-10-09-11-29-57
Ko‘rib chiqish