Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston nodavlat ta’lim tashkilotlari uyushmasi hamkorligida 2022-2023 o‘quv yilining ikkinchi choragidan boshlab masofaviy ta’lim joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda. Toshkent shahar maktablarida ota-onalar va o‘quvchilar o‘rtasida anketa-so‘rovnoma o‘tkazilib, talabgor o‘quvchilar ro‘yxati shakllantirildi. Bugun, 5-noyabr kuni universitetimizda masofaviy ta'limga jalb etilgan o‘quvchilarning dastlabki bilim darajasini aniqlash maqsadida boshlang‘ich sinov (kirish testi) o‘tkazilmoqda. Tanlov asosida 60 nafar (30 nafar o‘zbek, 30 nafar rus tilida olib boriladigan 2 ta sinfga) 7-sinf o‘quvchilari saralab olinadi.
Yangiliklar
Xalqaro Nordik universitetida "Onlayn maktab" uchun tanlov o‘tkazilmoqda

November 05 , 2022
2071
Respublikamizning umumta'lim maktablariga masofaviy ta'lim shaklini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida "Leader onlayn" dasturining tajriba-sinov jarayonlari o‘tkazilmoqda.



