Universitetimizning yoshlar manfaatlari yo‘lidagi hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Universitetimizning yoshlar manfaatlari yo‘lidagi hamkorlik aloqalari kengaymoqda

October 14 , 2022

|

1490

Bugun, 14-oktyabr kuni universitetimizga Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Sultanbekov, Toshkent viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Azamat Kamalovlar tashrif buyurdilar.

Toshkent viloyati mutasaddilari bilan ta'lim tizimini rivojlantirish, viloyat yoshlarining oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish, ular o‘rtasida ilmning mohiyatini keng targ‘ib qilish va pirovard natijada sifatli ta'lim olishlarini ta'minlash borasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv amalga oshirildi.