Universitetimiz rahbariyati - Zarafshon shahri yoshlari bilan uchrashdi

Universitetimiz rahbariyati - Zarafshon shahri yoshlari bilan uchrashdi

January 30 , 2023

|

1492

XNU rahbariyati Zarafshon shahri yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📌 Universitetimiz rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov va Moliya ishlari bo‘yicha prorektorimiz Nuriddin Murodullayev Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Xakimov hamrohligida maktablarda bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.

🎓 Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvlarda yoshlar uchun oliy ta'lim imkoniyatlari keng targ‘ib qilindi.

📚 Ishtirokchilar oliy ta’limga qabul, yangi yo‘nalishlar va ta’lim imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot oldilar.