Universitet Kengashining 6-son yig‘ilishi yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazildi

Universitet Kengashining 6-son yig‘ilishi yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazildi

July 01 , 2026

|

1001

Nordik universitetida navbatdagi kengash yig‘ilishi o‘tkazilib, taʼlim sifati, ilm-fan, boshqaruv va xalqaro talablarga muvofiq rivojlanishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda dastlab universitetni kompleks davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tkazishga tayyorgarlik masalasiga eʼtibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, taʼlim sifati, ichki nazorat tizimi, hujjatlar yuritilishi hamda xalqaro talablar asosida faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Kengash davomida 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakliga ajratiladigan grantlar taqsimoti va reglamenti muhokama qilinib, shaffoflik, adolat va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan tartib tasdiqlandi.

Shuningdek, universitet laboratoriyalarining bugungi holati, ularning ilmiy va amaliy salohiyati, talabalar qiziqishini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash masalalari yuzasidan hisobotlar tinglandi. Laboratoriyalar faoliyatini ishlab chiqarish, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar bilan yanada integratsiya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-308-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida "E Voh" olimpiadasini samarali tashkil etish masalasi ham ko‘rildi.

Kengashda "Bitiruvchi – 2026" tadbirlarini namunali darajada tashkil etish, bitiruv hujjatlarini sifatli rasmiylashtirish, diplomlarni tantanali topshirish marosimini mazmunan boy va yuksak saviyada o‘tkazish yuzasidan ham tegishli topshiriqlar berildi.

Kun tartibidagi masalalar doirasida universitet ilmiy faoliyatining olti oylik natijalari tahlil qilinib, ilmiy maqolalar sifati, xalqaro nashrlardagi faollik, innovatsion loyihalar, grantlar hamda ilmiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar muhokama etildi. Shuningdek, doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar faoliyati monitoringi natijalari ko‘rib chiqilib, ilmiy salohiyatni yanada mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar ilgari surildi.

Turli masalalar doirasida professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish natijalari, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni nashrga tavsiya etish, dotsent ilmiy unvoniga oid hujjatlarni rasmiylashtirish hamda yangi mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini tashkil qilish bilan bog‘liq masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

photo-2026-07-01-15-08-29
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-01-15-08-30
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-01-15-08-31
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-01-15-08-32
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-01-15-08-33
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-01-15-08-35
Ko‘rib chiqish
photo-2026-07-01-15-08-28
Ko‘rib chiqish
Chop etish

So'nggi yangiliklar

Nyu-Jersidagi AI markazidan taassurotlar

Nyu-Jersidagi AI markazidan taassurotlar

— Markazning asosiy vazifasi universitetlar, tadqiqotchilar va innovatorlarning istiqbolli g‘oyalarini bir platformada jamlash, ularni muvofiqlashtirish hamda tayyor mahsulot va biznesgacha olib borishda har tomonlama ko‘maklashishdan iborat.

Bu yerda kovorking maydonlari, mentorlik dasturlari, texnologik ekspertiza, investorlar bilan hamkorlik va tijoratlashtirish mexanizmlari yagona tizim sifatida ishlaydi. Natijada g‘oyalar xalqaro bozorda raqobatlasha oladigan innovatsion mahsulotga aylantiriladi, —
deydi delegatsiya rahbari, Nordik prorektori Odil Qo‘ysinov. — Bunday tajribalar sun’iy intellekt sohasida ta’lim, ilm-fan va biznes hamkorligini mustahkamlash, innovatorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi texnologik yechimlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Princeton university hamkorligida faoliyat yuritayotgan ushbu innovatsion markazda ishtirokchilar AIni boshqarish va innovatsiyalarni tijoratlashtirish mexanizmlari, zamonaviy data centerlar faoliyati hamda ularning sun’iy intellekt rivojidagi ahamiyati bilan tanishdilar. AI infratuzilmasini boshqarish bo‘yicha interaktiv va rolli mashg‘ulotlarda universitet, sanoat va davlat hamkorligining samarali modellarini amaliy misollar orqali o‘rgandilar.

Mazkur AI bo‘yicha xalqaro malaka oshirish kursi xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ularni O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirish va sun’iy intellekt sohasida yangi liderlarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Shaffof qabul: zamonaviy media uchun saralash o‘tkazildiXalqaro malaka oshirish dasturi qizg‘in davom etmoqda

Xalqaro malaka oshirish dasturi qizg‘in davom etmoqda

Dastur ishtirokchilari sunʼiy intellektning nazariy asoslarini chuqur o‘rganish bilan birga, ilg‘or AI platformalarini taʼlim jarayonlari va universitet boshqaruviga tatbiq etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashmoqdalar.

Shuningdek, tinglovchilar Rowan Universityning ilg‘or tajribasi, yuqori unumdor hisoblash markazi (High-Performance Computing Center), AI asosidagi ta'lim yechimlari, VR va XR texnologiyalarining qo‘llanilishi hamda AQSHning innovatsion ekotizimi bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Dastur davomida har bir modul nazariya bilan cheklanmay, amaliy loyihalar, keys tahlillari, ekspertlar bilan uchrashuvlar va strategik muhokamalar orqali qizg‘in va samarali kechmoqda.

AQShga taʼlim safari: sunʼiy intellekt bo‘yicha malaka oshirish dasturi boshlandi

AQShga taʼlim safari: sunʼiy intellekt bo‘yicha malaka oshirish dasturi boshlandi

Rowan University bazasida "Artificial Intelligence (AI) in Education: Concepts, Leadership and Implementation Practices" 10 kunlik intensiv xalqaro malaka oshirish dasturi davomida AQSHning ilg‘or tajribalari o‘rganiladi.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish