Universitet kengashining 5-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

April 19 , 2025
30
Kengashda universitet faoliyatiga oid muhim masalalar ko‘rildi.
Jumladan, ITI va IPI nizomiga muvofiq ta’lim mutaxassisliklarining o‘quv dasturlari hamda normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish va ular ijrosini yuqori saviyada tashkil etish to‘g‘risida masʼullarning hisobotlari tinglandi.
Kengashda universitetda faoliyat olib borayotgan doktorant, tayanch doktorant hamda mustaqil izlanuvchilarning choraklik monitoringi natijalari to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, TasIMO-2025 mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, dastur va yo‘l xarita asosida vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.
Kengash doirasida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan adabiyotlar muhokamasi o‘tkazildi. Universitetda faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilarga doir masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Kengashda xushxabarlar - Nordik fidoyilari Zafar Abdullayevga professorlik, Zulfiya Hamidovaga dotsentlik diplomlari topshirildi. Biznesni boshqarish yo‘nalishi talabasi Asilabonu Hamidovaga Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi Guvohnomasi taqdim etildi va samimiy tabriklandi.



So'nggi yangiliklar

Samimiy tashakkur!
Bugun sizlar Finlandiyaga yo‘l olayotgan bo‘lsangiz-da bilimlaringiz va iliq xotiralaringiz Nordik bilan qoladi.
🌟 Rahmat sizga, aziz ustozlar!

Xalqaro tashrif: Nordik uchun yangi imkoniyatlar!
Tashrif Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi doirasida amalga oshdi.
Uchrashuvda nufuzli mehmonlar Finlyandiyaning Markaziy Osiyodagi asosiy ta’lim, biznes va investitsiya loyihalari bo‘yicha o‘ziga xos platformasi bo‘lgan Xalqaro Nordik universiteti tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelajak rejalari bilan tanishtirildilar.
Samarali o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Nordikda Estoniya biznes delegatsiyasi!
Estoniyaning O‘zbekistondagi elchisi Yaap Ora va Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Alisher Jo‘rayev forumni ochib berdi va ikki tomonlama aloqalarning yangi bosqichiga yo‘l ochildi.
Forumda ikki davlat vazirlik va idoralari, jami 40 dan ziyod Estoniyaning yetakchi kompaniyalari mutaxassislari va o‘zbekistonlik tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Estoniya savdo-sanoat palatasi vakili Margus Ilmjarv Estoniya biznes delegatsiyasi vakillarini tanishtirib o‘tdi. Silsteve terminal kompaniyasi direktori Jaanus Paas, Clemco Baltic kompaniyasi vakili Svetlana Laanela va qator yetakchi eston kompaniyalari mutaxassislari biznes manfaatlari va hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etdilar.
Biznes forumda ilgari surilgan mavzular, takliflar doirasida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Magistrantlar konferensiyasi: musiqa taʼlimini o‘qitish keng muhokamada
Konferensiyada O‘zbekistonning yetakchi oliygohlaridan tashrif buyurgan Musiqa ta’limi va san’at magistratura mutaxassisligi iqtidorli talabalari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Yalpi yig‘ilish ochilishida Nordik rahbariyati, “Musiqa ta’limi” kafedrasi mudiri, professor Qurbonniyoz Panjiyev musiqa ta’limi va san’atining bugungi globallashuv davridagi ahamiyatiga to‘xtaldi.
Tadbir davomida respublika oliygohlari magistrantlari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari keng muhokama qilindi. Xususan, musiqashunoslik, etnomusiqashunoslik, musiqiy-nazariy fanlarni o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari,
mustaqil ta’limni tashkil etishning samarali usul va vositalari, ijrochilik an’analari, pedagogik kadrlar tayyorlashning muammo va yechimlari kabi qator mavzularda qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida sho‘ba raislarining hisobotlari tinglandi va eng faol ishtirokchilar taqdirlandilar.