Universitet Kengashining 11-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Universitet Kengashining 11-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

December 01 , 2025

|

832

Nordik Universitetida navbatdagi Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.

Kun tartibidagi masala - Toshkent shahar maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida fizika-matematika olimpiadasini o‘tkazish, pedagoglar salohiyatini oshirish va "maktab–universitet" integratsiyasini kuchaytirish masalasi ko‘rildi. Oldinda turgan vazifalar belgilandi. 


Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari talabalarining amaliyot tartibi bo‘yicha dasturlar va Nizomni tasdiqlash, amaliyot jarayonini standartlashtirish va samaradorligini oshirish masalasida masʼullarning hisobotlari tinglandi. 


Shuningdek, universitetni kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, sifat kafolati tizimini mustahkamlash va xalqaro standartlarga moslashtirish masalasi keng muhokama qilindi. 


Kengashda 2026-yil uchun tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul masalasi — ilmiy kadrlar salohiyatini oshirish, professor-o‘qituvchilarga doir qarorlar — vaqtincha lavozim topshiriqlari hamda yangi o‘quv-adabiyotlarni nashrga tavsiya etish, "Work and travel" dasturini takomillashtirish, talabalar uchun xalqaro tajriba imkoniyatlarini kengaytirishga oid muhim masalalar ham ko‘rib chiqildi. 

 

Kengashda ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

photo-2025-12-01-15-55-55-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-01-15-55-55-4
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-01-15-55-55-3
Ko‘rib chiqish