Yig‘ilishda 2026-kalendar yili uchun Universitet Kengashining ish rejasi tasdiqlandi.
Shuningdek, Kengash a’zolari tarkibi tasdiqlanib, qarorlar qabul qilish jarayonida masʼuliyatlilik va ochiqlik tamoyillari mustahkamlandi.
Yig‘ilishda yakuniy davlat attestatsiyasini samarali tashkil etish, bitiruvchi kurs talabalarini yakuniy imtihonlarga tayyorlash, YADAK tarkibini tasdiqlash masalalari tahlil qilindi.
Yangi o‘quv semestriga tayyorgarlik jarayonlari, fan dasturlari va o‘quv materiallarini o‘z vaqtida tayyorlash, ularni HEMIS platformasiga joylashtirish masalalari muhokama qilindi. Bu jarayon ta’limning uzluksizligi, shaffofligi va raqamli nazoratini ta’minlashda muhim ahamiyatga egaligi taʼkidlandi.
Yig‘ilishda “Ilmiy seminar, dissertatsiya muhokamalari va Ilmiy kengash faoliyatini raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish to‘g‘risida” va "Art of living" psixologik maslahat va yordam markazi to‘g‘risida"gi Nizomlar tasdiqlandi. Mazkur hujjatlar ilmiy jarayonlarni tezkor, ochiq va samarali tashkil etish, yosh tadqiqotchilar uchun qulay ilmiy muhit yaratishga xizmat qiladi.
Shuningdek, 2025-yil davomida kafedralar professor-o‘qituvchilari tomonidan bajarilgan ilmiy ishlar shaxsiy ish rejalari asosida monitoring qilindi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida yechimlar berildi.
Kengashda universitet tadqiqotchilari olib borayotgan ilmiy tadqiqotlar, ularning amaliy va ilmiy natijalari, monitoring mexanizmlari bo‘yicha hamda kun tartibidagi dolzarb turli masalalar ham ko‘rildi.
Quvonchlisi, Kengash raisi Sherzod Mustafakulov tomonidan Nordik ustozi Aziz Boltayevga fizika-matematika fanlari doktori diplomi topshirildi va samimiy tabriklandi.
Kengashining 1-son yig‘ilishida universitetni 2026-yildagi ustuvor yo‘nalishlari — sifatli ta’lim, ilm-fan, raqamli boshqaruv va natijadorlik tamoyillari asosida shakllanishida muhim ahamiyatga ega qarorlar qabul qilindi.













