🌍 Finlandiyada o‘zining ta’lim tajribasi bilan mashhur Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu (Helsinki qo‘shma ta'lim maktabi) o‘quvchilari yurtimizga tashrifi davomida buyuk tarixiy shahar Samarqandga sayohat uyushtirdilar.
🏛 Mehmonlar Samarqandning qadimiy obidalari, madaniy merosi va o‘ziga xos me’morchilik an’analari bilan tanishdilar. Ular o‘z taassurotlari bilan bo‘lishib, O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyatiga katta qiziqish bildirdilar.
📷 Tashrif davomida o‘quvchilar Samarqandning diqqatga sazovor joylarida bo‘ldilar, shuningdek, fin va o‘zbek yoshlari o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlovchi qiziqarli tadbirlar tashkil etildi.




