Uchrashuvda taʼkidlanganidek, tyutor talaba va universitet o‘rtasidagi ko‘prik. Uning vazifasi nafaqat tashkiliy masalalarda ko‘maklashish, balki talabaning akademik, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishiga yo‘l ko‘rsatishdir.
Muloqot davomida talabalar klublari faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va universitet hayotida faol ishtirokini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
4 yil — 40 kitob! Nordikning kitobxonlik tashabbusi ham muloqotning muhim mavzularidan bo‘ldi. Talaba har yili 10 ta kitob, 4 yil davomida esa 40 ta kitob o‘qishi ko‘zda tutilgan.
40 ta kitob — 40 ta yangi qarash, yuzlab yangi savollar va yanada keng dunyoqarash sari imkoniyat.
Tyutorlar esa kitobxonlikni talabaning tafakkurini rivojlantiruvchi madaniyatga aylantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Uchrashuv davomida Nordik qadriyatlarini talabalik hayotiga chuqurroq singdirish, tyutorlik faoliyatining aynan Nordikka xos jihatlarini kuchaytirish va har bir talabaning universitet imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishiga ko‘maklashish masalalarida ham so‘z bordi.
Nordikda maqsad — fikrlaydigan, kitobxon, faol, tashabbuskor va o‘z yo‘lini topa oladigan shaxsni tarbiyalash.Tyutor esa bu yo‘ldagi eng yaqin hamrohlardan biridir.
Nordikda tyutorlik: rivojlanishda hamrohlik!

September 21 , 2026
78
Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor Sherzod Mustafakulov tyutorlar bilan uchrashib, talabalar bilan ishlashning yangi yondashuvlari, universitet qadriyatlari, klublar faoliyati va kitobxonlik masalalarini muhokama qildi.
Foto galereya
9
Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring