Turkiyaning Marmara universiteti bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda

Turkiyaning Marmara universiteti bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda

March 10 , 2025

|

70

Nordik universitetida Turkiyaning nufuzli davlat taʼlim muassasalaridan biri Marmara universiteti Xalqaro aloqalar va akademik ishlar bo‘yicha departamenti boshlig‘i Nuri Tinaz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida talabalar almashish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish takliflari bildirildi.


Yevropa Ittifoqining ta'lim, o‘qitish sohalarida loyihalar va mobillikni qo‘llab-quvvatlash Erasmus+ dasturi va xalqaro grant tanlovlarida ishtirok etish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar ustida ish olib borish kabi masalalarda hamkorlikka kelishildi. 


Maʼlumot uchun, 1883-yilda tashkil etilgan mazkur universitet mamlakatning eng qadimgi va ko‘p tilli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. 80 000 nafardan ziyod talabalari mavjud bo‘lib, 5 000 nafardan ortig‘ini xorijiy talabalar tashkil etadi.


photo-2025-03-10-16-15-50
Ko‘rib chiqish
photo-2025-03-10-16-15-50-2
Ko‘rib chiqish
Artboard-6-55
Ko‘rib chiqish
Chop etish

So'nggi yangiliklar

Amaliy dars: talabalar kasbiy faoliyatga tayyorlanmoqda

Amaliy dars: talabalar kasbiy faoliyatga tayyorlanmoqda

Mashg‘ulotlar talabalar uchun nutq buzilishlarini aniqlash, tahlil qilish va tuzatish bo‘yicha amaliy tajriba orttirish imkoniyatini bermoqda. 


Bemorlar bilan individual ishlash ko‘nikmalari shakllantirilib, logopedik mashqlar, o‘yinlar va texnikalar amaliyotda sinab ko‘rilyapti. Bolalarda turli texnika va usullardan foydalangan holda nutq rivojlanishini rag‘batlantirish, real holatlar bilan ishlash orqali tajriba orttirishga imkoniyat yaratilmoqda. 


Amaliy darslarda talabalar o‘rtasida muloqot ko‘nikmalari va jamoaviy ishlash qobiliyati oshirilyapti. Logopediya amaliyoti asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash bo‘yicha puxta poydevor qo‘yilmoqda.

Talabadan➡️talabaga: Nordik klublaridan samarali amaliyot

Talabadan➡️talabaga: Nordik klublaridan samarali amaliyot

Dekan va klub sardorlari yig‘ilishi o‘tkazilib, istiqbolga doir fikr almashildi. Sardorlar tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ishlanmalar o‘rganildi va takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 


Eng tashabbuskor klublar sardorlari Tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. 


🙌 Har bir sardorimiz Nordik faxri ekanligini eslatib o‘tishdan mamnunmiz! 😍

Nordikda Navro‘z ayyomi muhtasham qadriyatlarimizga hamohang nishonlandi

Nordikda Navro‘z ayyomi muhtasham qadriyatlarimizga hamohang nishonlandi

Tabiat uyg‘onib, yasharish va yangilanish shukuhi, ko‘klam nafasi kezayotgan tarovatli damlarda universitet hududi bahoriy bezaklar bilan milliyligimizga xos bezatildi. Nordik jamoasi nafis ayyomni o‘zbekona kiyimlarda, o‘zaro birdamlikda mehmondo‘stlik ruhi bilan kutib oldilar. 


“Uzbekistan Trek-2025” dasturi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Garvard universiteti magistratura mutaxassisliklari talabalari va ilmiy tadqiqotchilari jamoa tomonidan munosib kutib olindi.


Nordik universiteti rahbariyati anjuman qatnashchilari va Garvard universitetidan tashrif buyurgan mehmonlarni bayram bilan tabrikladilar, samimiy tilaklarini bildirdilar.


"Nordik taronasi" ansambli aʼzolari va o‘qituvchilar - “European stars” xalqaro tanlovi g‘olibi Charos Ahmedova, “Nihol” mukofoti sovrindori, “Ovoz” xalqaro musiqiy shousining iqtidorli ishtirokchisi, mohir xonanda, maqom ijrochisi Zarnigor Umarova hamda boshqa sohir ovoz sohiblari anjuman qatnashchilarini o‘z san’atlaridan bahramand etdilar. Iste’dodli xonandalarning ijrolarini mehmonlar ham sevib tingladilar va dildan o'ynab-kuldilar. 


Navro‘zning o‘lmas ruhi, umumbashariy va boqiy qadriyatlaridan nurafshon bayramda turli mamlakatlar vakillari bo‘lgan xorijiy mehmonlar universitet hududi bo‘ylab saylga taklif etildi. Yurtimizning turli voha va viloyatlariga xos milliy noz-ne’matlar, bahoriy taomlar bilan bezatilgan dasturxonlar, xalq amaliy san’ati, hunarmandchilik buyumlari va milliy liboslar ko‘rgazmalari katta qiziqish hamda hayrat bilan tomosha qilindi. 


Qozonlar to‘ladigan, qut-baraka tantana qiladigan Navro‘z kunida zamonlar osha bezavol yashab kelayotgan “qozon to‘la” udumi namoyish etildi. Kecha-kunduz qaynab pishgan sumalak ochildi va suzildi. Somsalar yopilib, tandirlar boshida mehmonlarga issiq holda uzilib, taqdim etildi. O‘zbekona palov damlanib, mehmonlarga tortiq qilindi. 


Bayram davomida mehmonlar ishtirokida milliy o‘yinlar tashkil etildi. Arqon tortish, besh tosh va boshqa o‘yinlarda qiziqish bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, xotin-qizlar o‘sma va xina qo‘yish udumlarini o‘tkazdilar. Tinch, musaffo osmon bo‘ylab varraklar uchirildi.


Garvard universitetidan tashrif buyurgan mehmonlar ajoyib bayram va mehmondo‘stlik uchun Nordik universitetiga o‘z tabrik hamda minnatdorchiliklarini izhor etdilar. Ularga yurtimizni eslatuvchi sovg‘a sifatida milliy liboslar taqdim qilindi. 


Turli millat vakillari bo‘lgan nufuzli delegatsiya a’zolari o‘zbekona urf-odat va an’analarimizni ko‘rib, milliy o‘yinlarimiz, udumlarimizda bevosita ishtirok etib, Navro‘z ayyomining bahoriy yuksak kayfiyatda nishonlanishiga guvoh bo‘ldilar. Mehmonlar o‘zlarining unutilmas taassurotlarini Nordik “Dil izhorlari” kitobiga yozib qoldirdilar.

Master-klass: bo‘lajak dasturchilar uchun bebaho tajriba

Master-klass: bo‘lajak dasturchilar uchun bebaho tajriba

Unda java dasturchisi o‘zining boy tajribalari bilan bo‘lishdi. Xususan, dasturlashning asosiy yo‘nalishlari va texnologiyalari bo‘yicha keng maʼlumotlar berdi. 


Talabalar Frontend, Backend, Cybersecurity, Data Science, Game dasturlash asoslarini o‘rganish barobarida, mobil ilovalar yaratish, bulutli texnologiyalar imkoniyatlari, AI va ML, yaʼni sunʼiy intellekt va mashinani o‘rganish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.


Bu uchrashuv talabalar uchun nafaqat yangi bilim, balki yangi loyihalar ustida ishlash uchun ilhom manbai bo‘ldi.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish