Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov va Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Alisher Jo‘rayevlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozimjon Husanov tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Universitetimiz rahbariyati 22-23-noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan "Mehnat migratsiyasi xalqaro Forumi - 2022"dagi ishtiroki va uning yuqori saviyada tashkil etilishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu e’tirofga sazovor bo‘ldi.




