Trenddagi zamonaviy kasblar o‘rganilmoqda

Trenddagi zamonaviy kasblar o‘rganilmoqda

January 20 , 2025

|

1996

Nordik universitetida 2025-yil - "Taʼlimda sifat bosqichi va ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish yili"!..

Raqamli transformatsiya markazida talabalar bilan dasturlash va 3D modellar bo‘yicha ilmiy izlanishlar, amaliy ishlarga eʼtibor qaratilyapti. 

 

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari "Robototexnika asoslari" fanidan nazariy bilimlarini amalda qo‘llab, ishlanmalar yaratdilar. 


Dastlab NX dasturida robot mashinaning 3D modeli loyihalashtirildi. Uning dasturiy ta’minot qismi Arduino platformasi orqali ishlab chiqildi. 


Universitetda yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanilmoqda. Robot mashinaning qismlari markazda mavjud 3D printerlar orqali chiqarildi. 


Talabalarda amaliy ko‘nikmalar samarali shakllantirilmoqda, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi ta’minlanmoqda. Talabalarni zamonaviy kasblar bo‘yicha doimiy rivojlantirish markaz faoliyatining asosiy maqsadlaridan.