Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida birinchi ustuvor yo‘nalish sifatida ixcham va samarali davlat boshqaruvi tizimiga o‘tish masalasi ilgari surildi.
Shu asosda davlat boshqaruv tizimini optimallashtirish, ortiqcha va xos bo‘lmagan funksiyalar hamda vazifalarni tugatish orqali markazlashtirishdan chiqarish, takroriylik va parallellikka barham berish, layoqatli, iqtidorli kadrlarni tanlab olish, mustaqil ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash tizimi joriy etish borasida amaliy sa'y-harakatlar boshlab yuborildi.
Ma'muriy islohotlar nima uchun kerak? Davlatimiz rahbari nazarda tutayotgan tizimli boshqaruvga, avvalo, vazirliklar, idoralar tayyormi? Tizimli boshqaruvning eng asosiy shartlari bajariladimi?
Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulovning "Xalq so‘zi" gazetasining bugungi sonida nashr etilgan "Ixcham va samarali davlat boshqaruviga o‘tish - davr talabi" mavzusidagi maqolasida shu kabi savollar atrofida fikr yuritilgan.




