Erta yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta'lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi ish boshladi

Erta yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta'lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi ish boshladi

November 14 , 2022

|

1520

Poytaxtimizda Maktabgacha ta'lim vazirligi va YUNESKO ko‘magida tashkil etilgan konferensiyada Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov ishtirok etmoqda.

Konferensiyada 1500 dan ortiq qatnashchilar maktabgacha taʼlimning kelgusi 10 yillik kun tartibini muhokama qilishmoqda. Ushbu nufuzli anjumanda ambitsiyali, dolzarb va madaniy jihatdan mos siyosatlarni ishlab chiqish, samarali va mas'uliyatli tizimlar, manfaatdor tomonlarning o‘zaro hamkorligida xizmatlarni joriy etish, bu sohaga investitsiyalarni ko‘paytirish va takomillashtirish, mamlakatlarning umrbod ta'lim jamiyatlari va barqaror rivojlanishiga erishish maqsad qilingan.