Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi talabalari Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi Aziza Muratova boshchiligida ushbu kutubxona atmosferasidan bahramand bo‘ldilar.
Talabalar kutubxonaning keng kitob fondi, to‘garaklar, bolalar va o‘smirlarni ma'rifiy rivojlantirish uchun imkoniyatlari, ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqaruvchi afzal jihatlari bilan yaqindan tanishdilar.




