“Rektor stipendiyasi": siz kutgan natijaga oz qoldi!

“Rektor stipendiyasi": siz kutgan natijaga oz qoldi!

November 06 , 2026

|

172

Xalqaro Nordik universitetida 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuniga bag‘ishlab e’lon qilingan “Rektor stipendiyasi” tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ishtirok etgan talabalarning hujjatlari o‘rganib chiqildi. Ularning GPA ko‘rsatkichlari, ilmiy maqolalari, xorijiy til bilish darajasi, akademik va boshqa yutuqlari, universitet hayotidagi faolligi kompleks baholandi.

Natijalarga ko‘ra, 30 nafar talaba keyingi — suhbat bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Suhbat jarayonida esa nomzodlarning nafaqat bilim va yutuqlari, balki fikrlash tarzi, shaxsiy qarashlari va kelajak rejalari ham e’tiborga olindi.

Xususan, intellektual salohiyati, mustaqil fikrlashi, muammoli vaziyatlarga yechim topish qobiliyati, erishgan natijalarining amaliy ahamiyati, maqsadlari, nutq madaniyati va o‘z fikrini ravon ifodalash mahorati baholandi.

Endi esa eng hayajonli pallaga oz qoldi! Tanlov yakunlariga ko‘ra, 18 nafar talaba “Rektor stipendiyasi” sohibiga aylanadi.

🌟 G‘oliblar nomi 17-noyabr — Xalqaro talabalar kunida tantanali e’lon qilinadi!

Foto galereya

6