Mashg‘ulotni Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bosh mutaxassisi Otabek Usmon olib bordi.
Mahorat darsida sun’iy intellektning media industriyasiga ta’siri, axborot izlash va tahlil qilish, matn hamda vizual kontent yaratishda zamonaviy vositalardan foydalanish imkoniyatlari amaliy misollar asosida yoritildi.
Faktcheking, mualliflik huquqi, dezinformatsiya va algoritmik xatoliklar kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Asosiy e’tibor muhim tamoyil — sun’iy intellekt jurnalistning imkoniyatlarini kengaytirishi, biroq axborotning haqqoniyligi va kasbiy mas’uliyat doimo inson nazoratida qolishi kerakligiga qaratildi.
Interaktiv muloqot va savol-javoblar bilan qizg‘in o‘tgan mashg‘ulotda magistrantlarga raqamli texnologiyalarni nafaqat qo‘llash, balki ulardan professional mas’uliyat asosida foydalanish bo‘yicha muhim tajriba berildi.
Yangiliklar
Jurnalistika va sun’iy intellekt: yangi imkoniyatlar va mas’uliyat

November 04 , 2026
50
Jurnalistika mutaxassisligi magistrantlari uchun “Jurnalistikada sun’iy intellekt texnologiyalari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring