Helsinki tajribasi: Toshkent va Nordik uchun yanada rivojlanish yo‘llari

Helsinki tajribasi: Toshkent va Nordik uchun yanada rivojlanish yo‘llari

May 22 , 2026

|

1166

Joriy yilning 18–19-may kunlari Toshkent shahar hokimligi va Xalqaro Nordik universiteti delegatsiyasining Finlandiya poytaxti Helsinkiga amaliy tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Bugungi ta’lim siyosatida inson kapitalini rivojlantirish, maktabgacha ta’lim sifati, pedagoglar malakasi va sun’iy intellekt asosidagi boshqaruv tizimlari masalalariga ustuvor yo‘nalishlar sifatida qaralmoqda.


Shu nuqtai nazardan safar davomida delegatsiya aʼzolari Helsinki shahri hokimining taʼlim masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shawn Huff hamrohligida Helsinkidagi “Meri” bolalar bog‘chasi hamda Vattuniemi boshlang‘ich maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Finlandiyaning bolalarga yo‘naltirilgan ta’lim modeli, kreativ muhit va individual yondashuv tajribasini keng o‘rgandilar.


Muhokamalarda ushbu ilg‘or tajribalarni Toshkent ta’lim tizimiga moslashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.


Helsinki shahar hokimligidagi uchrashuvlarda esa shahar strategiyasi, ta’limni boshqarish va xalqaro hamkorlikning zamonaviy mexanizmlari xususida so‘z bordi.

Finlandiya tajribasi asosida Toshkentda ham strategik boshqaruvning innovatsion modelini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.


“Edulyzer” taʼlim tashkilotida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda sun’iy intellekt orqali o‘quvchilarning intizomi, psixologik holati va o‘quv natijalarini monitoring qiluvchi platforma taqdim etildi. Mazkur tizim ta’limda xavfsiz va sog‘lom muhit yaratish, bolalardagi stress va ijtimoiy muammolarni erta aniqlash imkoniyati bilan ahamiyat kasb etadi. Platformani Toshkent ta’lim muassasalarida joriy etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.


Shuningdek, Helsinki universiteti hamda uning “HY+ Ltd” uzluksiz ta’lim markazi rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar Xalqaro Nordik universiteti uchun yangi xalqaro bosqichni boshlab berdi.


Nordikning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Odil Qo‘ysinov tomonidan universitetning hamkorlik aloqalari, tarixi va istiqboli haqida taqdimot o‘tkazildi. Tomonlar ilmiy hamkorlik, talabalar almashinuvi va pedagoglar malakasini oshirish yo‘nalishlarida qator muhim kelishuvlarni amalga oshirdilar va bu jihatlar memorandum imzolash orqali mustahkamlandi.


Ushbu safar Nordik universitetining xalqaro akademik integratsiyasini kuchaytirish, Finlandiyaning ilg‘or ta’lim tajribalarini O‘zbekistonga olib kirish va zamonaviy pedagogik ekotizim yaratish yo‘lida muhim poydevor bo‘ldi.


Helsinki safari ta’limni innovatsion boshqarish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish borasida Toshkent hamda Xalqaro Nordik universiteti uchun istiqbolli amaliy natijalar bilan yakunlandi.

photo-2026-05-22-18-18-27
Ko‘rib chiqish
photo-2026-05-22-18-16-56
Ko‘rib chiqish
photo-2026-05-22-18-18-31
Ko‘rib chiqish
Chop etish

So'nggi yangiliklar

Nordik nashriyotidan ilm-fanga yangi tuhfalar!

Nordik nashriyotidan ilm-fanga yangi tuhfalar!

📖 "Essentials of Economics, Business and Tourism in English" — iqtisodiyot, biznes va turizm yo‘nalishlari talabalari uchun B1–B2 darajadagi kasbiy ingliz tilini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy qo‘llanma.

📘 "Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ish hujjatlarini yuritish" — maktabgacha ta’lim tizimida hujjatlarni yuritishning nazariy asoslari va amaliy mexanizmlarini yorituvchi muhim qo‘llanma.

📗 "Menejment asoslari" — zamonaviy boshqaruv, strategik fikrlash, liderlik, resurslardan samarali foydalanish hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini qamrab olgan dolzarb o‘quv qo‘llanma.

Ushbu yangi nashrlar talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlab, ularni mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh va zamonaviy mutaxassis sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, bu qo‘llanmalar tegishli sohalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun ham ishonchli amaliy manbadir.

Nordik va Xushnudbek: taʼlim, media va yoshlar manfaatlari yo‘lida hamkorlik

Nordik va Xushnudbek: taʼlim, media va yoshlar manfaatlari yo‘lida hamkorlik

Bugungi kunda yoshlar taʼlimni nafaqat auditoriyada, balki raqamli platformalar, ochiq bilim manbalari va ishonchli axborot orqali ham tanlayapti. Shu nuqtai nazardan uchrashuv davomida zamonaviy taʼlim muhitini rivojlantirish, taʼlim platformalarini takomillashtirish, yoshlar uchun foydali taʼlim va media loyihalarni yaratish hamda bilimni ommalashtirishga qaratilgan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xushnudbek Xudoyberdiyev yillar davomida abituriyentlar, talabalar va keng jamoatchilikka oliy taʼlim, qonunchilik hamda ijtimoiy masalalar bo‘yicha tezkor va ishonchli maʼlumot yetkazib kelmoqda. Uning faoliyati yoshlarning to‘g‘ri qaror qabul qilishi, taʼlim imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishi va huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Nordik universiteti esa sunʼiy intellekt, raqamli ta'lim va xalqaro tajribalarni uyg‘unlashtirgan innovatsion taʼlim muhitini rivojlantirishni o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida davom ettirmoqda.

Ushbu uchrashuvda taʼlim sifatini oshirish, ochiq muloqotlarni kuchaytirish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Taʼlim orqali xavfsiz jamiyat: Nordik va UNODC — umumiy maqsad yo‘lida

Taʼlim orqali xavfsiz jamiyat: Nordik va UNODC — umumiy maqsad yo‘lida

BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC)ning Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston bo‘yicha mintaqaviy vakili Oliver Stolpe va Nordik rahbariyati o‘rtasida muhim uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida janob Stolpe UNODCning giyohvand moddalar savdosi, transmilliy jinoyatchilik, korrupsiya va boshqa zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashdagi xalqaro tajribasi haqida keng maʼlumot berdi. Bugungi kunda giyohvandlik va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash taʼlim, maʼrifat va profilaktika orqali samarali natija berayotganini eʼtirof etdi.

Universitet rahbariyati esa Nordikning taʼlim, innovatsiya va biznesni birlashtirgan zamonaviy hub sifatidagi faoliyatini taqdim etdi.

Muloqotning asosiy mavzusi yoshlarni zararli illatlardan asrashga qaratildi. Tomonlar talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi immunitetni yanada kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, maʼrifiy kampaniyalar va qo‘shma ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida 2026-yil sentyabr oyida navbatdagi amaliy uchrashuvni o‘tkazish hamda talabalar uchun qo‘shma profilaktik va maʼrifiy loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Nordikdan innovatsion platforma: ilmiy kengashning yangi modeli — AI professorlar

Nordikdan innovatsion platforma: ilmiy kengashning yangi modeli — AI professorlar

Dissertatsiya ishlarini sun'iy intellekt ekspert kabi tahlil qilishi mumkinmi?

Metodologik xatolarni himoyagacha aniqlashning iloji bormi?

AI ilmiy kengash faoliyatini yanada shaffof va sifatli tashkil etishga qanchalik xizmat qila oladi?


Taqdimot davomida ushbu savollarga mualliflar tomonidan batafsil javoblar berildi. Sun'iy intellekt asosida yaratilgan AI professorlar ishtirokidagi ilmiy kengash simulyatsiyasi amalda namoyish etildi. Platformada dissertatsiyalarni ekspertlar darajasida tahlil qilish, ilmiy va metodologik kamchiliklarni erta bosqichda aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatlari mavjudligi ko‘rsatib berildi.

Muhokamalar davomida sun'iy intellekt ilmiy rahbar yoki ekspertning o‘rnini egallashi emas, balki ularning qaror qabul qilish jarayonini aniq tahlillar va tezkor tavsiyalar bilan qo‘llab-quvvatlovchi vosita ekani alohida ta'kidlandi.

Bu esa ilmiy izlanishlar sifati, dissertatsiyalarni tayyorlash va himoya jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim qadam sifatida baholandi.

Mazkur platforma ilmiy rahbarlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan barcha tadqiqotchilar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ilm-fanda raqamli transformatsiya va sun'iy intellekt imkoniyatlarini keng joriy etish yo‘lidagi navbatdagi innovatsion yechimlardan biridir.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish