AQShning Rovan universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va XNU huzurida Rovan universiteti Toshkentdagi markazining rasmiy ochilish marosimiga tayyorgarlik bo‘yicha vazifalar belgilandi. Kengash qaroriga ko‘ra, Rovan universiteti Prezidenti Ali Xushmandga universitetning Faxriy professori ilmiy unvoni berish masalasi muhokama qilindi.
Kengashda 2024-2025-o‘quv yili davomida kafedralar faoliyatini kompleks o‘rganish masalasi ko‘rilib, muntazam monitoringdan o‘tkazish rejalashtirildi.
Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilarini malaka oshirishga safarbar etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan adabiyotlar kengash tomonidan ko‘rib chiqildi va ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati yuqori baholandi.
Kengash kun tartibidagi masala - “Ma’rifat soati” darslarini yuqori saviyada tashkil etish va mazmunini boyitish, islohotlar, dunyodagi siyosiy vaziyat bo'yicha "Zakovat", debat va brain bo‘yicha qator takliflar bildirildi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazish va jarayonlarda ularning ishtirokini taʼminlash maqsadida "Maʼrifat darslari"ga puxta hozirlik ko‘rish chora-tadbirlari belgilandi.
Kengash yig‘ilishida XNU rektori Sherzod Mustafakulov prorektor Muhammadsiddiq Amonboyeyga professorlik, Pedagogika kafedrasi mudiri Dilafruz Miraliyeva, Iqtisodiyot va biznesni boshqarish kafedrasi mudiri Xasan Sabirov va Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi mudiri Dilshod Nasriddinovga dotsentlik diplomlarini taqdim etdi. Kengash aʼzolari diplom egalarini yangi ilmiy yutuqlari bilan samimiy tabrikladilar.
Kengashda ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.










