Ta'limni sport va san'at bilan uyg‘unlashtiring!

Ta'limni sport va san'at bilan uyg‘unlashtiring!

October 21 , 2022

|

1463

Mehnatsevarlik, qat'iyatlilik, emotsional intellekt, kreativ fikrlash, jamoada ishlash, liderlik, stressga chidamlilik, moslashuvchanlik... Talabalar ta'lim olish jarayonida bularga erishish uchun sport yoki san'atning biror turi bilan shug‘ullanishga chorlandi.

Universitetimizning Pedagogika kafedrasi mudiri (PhD), dotsent Izzat Matyakubov talabalarga "Ta'limda sport va san'atning mohiyati" mavzusida trening o‘tkazdi. Insonning jismonan va ruhan salomatligini shakllantirishning yangicha yondashuvlari - art-terapiya, ranglar kuchi va musiqa terapiya xususidagi dars barcha talabalarda qiziqish uyg‘otdi.