Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov va Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Alisher Jo‘rayevning Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Shukur Burhonov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Samimiy kechgan muloqotda Finlandiyaning tajribali ekspertlarini poytaxtimizdagi umumta’lim maktablaridagi ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga jalb etish, amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarida fikr almashildi.




