Ta'lim eksporti: Qozog‘iston delegatsiyasi Nordikda malaka oshirmoqda!

Ta'lim eksporti: Qozog‘iston delegatsiyasi Nordikda malaka oshirmoqda!

February 03 , 2025

|

1522

Qozog‘iston maktablari direktorlari uchun Finlandiya taʼlim tizimining innovatsion yondashuv va modellari, sifatli taʼlim muhitini yaratish, bilimlarni boshqarish bo‘yicha maxsus o‘quv sessiyalari tashkil etildi.

Kurs ishtirokchilariga Finlandiyaning Aalto universiteti va Nordik universiteti professorlari Aija Elg va Tapio Koskinen Finlandiya maktab tizimlarining ilg‘or tajribalari asosida yangi xalqaro bilim hamda ko‘nikmalarni bermoqdalar. 


Trening davomida bilimlarni boshqarish va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha muhim nazariy model - SECI (Socialization, Externationalization, Combination, Internalization)ni qo‘llash samaralari bo‘yicha maʼruza tinglandi. 


Bilimlarning ijtimoiy, aniq va yashirin shakllarining o‘zaro almashinuvi, ularni o‘rganish hamda foydalanish, jamoaviy ishlash, amaliy mashg‘ulotlar, yangi g‘oyalarni loyihalash bo‘yicha keng bilimlar berildi. Aniq bilimlarni birlashtirish va yangi bilimlar yaratish, yangi strategiyalar ishlab chiqishga qaratilgan ushbu modelning samarasi ochib berildi.


Qozog‘istonlik taʼlim vakillari Finlandiya taʼlim tizimining innovatsion yondashuvlaridan biri - Learning Cafe tamoyilini ham katta qiziqish bilan o‘rgandilar. Ushbu yondashuv o‘quvchilarni mustaqil o‘rganish, hamkorlik va kreativlikni rivojlantirishga yo‘naltiradigan eng yaxshi yondashuvlardan biridir. 


Kurs davomida taʼlimda o‘qituvchining amaliy bilimlarga asoslanishi, o‘quvchilarni real hayotiy vaziyatlarda bilimlarni qo‘llashga o‘rgatish, kasbiy rivojlanishlariga katta eʼtibor berish muhimligi taʼkidlandi. O‘z sinflarida innovatsion usullarni qo‘llashlari uchun samarali modellar o‘rgatildi.


Shuningdek, ishtirokchilar taʼlim sifatining xalqaro monitoringi tizimida xalqaro PISA dasturi, 2025-2026 yillarda o‘qish savodxonligini o‘lchashdagi konseptual o‘zgarishlar haqida ham muhim maʼlumotlarga ega bo‘ldilar. 


Qozog‘istonlik pedagoglar uchun bu yangi bilimlar kelgusida taʼlimni yaxshilash va yangi yutuqlarga asos bo‘ladi.

Artboard-2-34
Ko‘rib chiqish
Artboard-3-31
Ko‘rib chiqish
Artboard-9-22
Ko‘rib chiqish
Artboard-11-17
Ko‘rib chiqish
Artboard-10-21
Ko‘rib chiqish
Artboard-4-32
Ko‘rib chiqish
Artboard-12-16
Ko‘rib chiqish
Chop etish

So'nggi yangiliklar

Universitet Kengashining 6-son yig‘ilishi yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazildi

Universitet Kengashining 6-son yig‘ilishi yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazildi

Yig‘ilishda dastlab universitetni kompleks davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tkazishga tayyorgarlik masalasiga eʼtibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, taʼlim sifati, ichki nazorat tizimi, hujjatlar yuritilishi hamda xalqaro talablar asosida faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Kengash davomida 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakliga ajratiladigan grantlar taqsimoti va reglamenti muhokama qilinib, shaffoflik, adolat va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan tartib tasdiqlandi.

Shuningdek, universitet laboratoriyalarining bugungi holati, ularning ilmiy va amaliy salohiyati, talabalar qiziqishini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash masalalari yuzasidan hisobotlar tinglandi. Laboratoriyalar faoliyatini ishlab chiqarish, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar bilan yanada integratsiya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-308-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida "E Voh" olimpiadasini samarali tashkil etish masalasi ham ko‘rildi.

Kengashda "Bitiruvchi – 2026" tadbirlarini namunali darajada tashkil etish, bitiruv hujjatlarini sifatli rasmiylashtirish, diplomlarni tantanali topshirish marosimini mazmunan boy va yuksak saviyada o‘tkazish yuzasidan ham tegishli topshiriqlar berildi.

Kun tartibidagi masalalar doirasida universitet ilmiy faoliyatining olti oylik natijalari tahlil qilinib, ilmiy maqolalar sifati, xalqaro nashrlardagi faollik, innovatsion loyihalar, grantlar hamda ilmiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar muhokama etildi. Shuningdek, doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar faoliyati monitoringi natijalari ko‘rib chiqilib, ilmiy salohiyatni yanada mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar ilgari surildi.

Turli masalalar doirasida professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish natijalari, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni nashrga tavsiya etish, dotsent ilmiy unvoniga oid hujjatlarni rasmiylashtirish hamda yangi mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini tashkil qilish bilan bog‘liq masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Ilmiy izlanishlar sarhisobi: doktorantlar hisobot berdilar

Ilmiy izlanishlar sarhisobi: doktorantlar hisobot berdilar

Seminarlarda "Pedagogika", "Iqtisodiyot va biznesni boshqarish" hamda "Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar" kafedralari izlanuvchilari ilmiy rahbarlari bilan hamkorlikda olib borgan tadqiqotlari yuzasidan erishilgan natijalarni taqdim etdilar.

Muhokamalar davomida dissertatsiya mavzularining dolzarbligi, ilmiy yangilik darajasi, amaliy ahamiyati, nashrlar holati hamda tadqiqotlarning keyingi bosqichlari atroflicha tahlil qilindi.

Monitoring jarayonida har bir tadqiqot yuzasidan tavsiyalar berilib, kelgusi ilmiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Sunʼiy intellekt, til va taʼlim: magistrlik tadqiqotlarida ilmiy yechimlar

Sunʼiy intellekt, til va taʼlim: magistrlik tadqiqotlarida ilmiy yechimlar

Jumladan, "Musiqa va san’at", "Xorijiy til va adabiyoti"," Pedagogika" kabi mutaxassisliklar magistrantlari o‘z ilmiy tadqiqotlarida nazariy bilimlarni amaliy yechimlar bilan uyg‘unlashtirib, munosib himoya qildilar.


Himoya jarayonlarida tilshunoslik, adabiyotshunoslik, lingvokulturologiya, pragmalingvistika, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi, musiqa pedagogikasi hamda san’at ta’limining zamonaviy yo‘nalishlariga oid dolzarb ilmiy masalalar atroflicha tahlil qilindi.


Tadqiqotlarda sun’iy intellekt davrida til va kommunikatsiya, madaniyatlararo muloqot, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, milliy va jahon madaniy merosini o‘qitishning innovatsion yondashuvlari kabi bugungi kun uchun muhim mavzular ilmiy asosda yoritildi.


Magistrantlar tomonidan taqdim etilgan dissertatsiyalar fundamental ilmiy izlanishlar bo‘lish bilan birga ta’lim amaliyotiga joriy etilishi joiz bo‘lgan tavsiyalarni ham o‘z ichiga oldi. Bu o‘z navbatida ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini ta’minlash, xalqaro tajribalarni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish hamda pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston — Amerika: xalqaro dasturlar, yangi imkoniyatlar muhokama markazida

O‘zbekiston — Amerika: xalqaro dasturlar, yangi imkoniyatlar muhokama markazida

Tashrif doirasida doktor Ali Houshmand hamda Milanj Diamonds kompaniyasi Prezidenti Jalil Bami Xalqaro Nordik universiteti rahbariyati bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasidagi akademik hamkorlik istiqbollari yuzasidan keng qamrovli muzokaralar olib bordilar.


Muloqotda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, double degree loyihalarini samarali amalga oshirish, o‘quv rejalarini integratsiyalash masalalariga eʼtibor qaratildi.


Uchrashuv davomida xalqaro dasturlar doirasida faoliyat yuritadigan professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, ularning ilmiy va pedagogik malaka mezonlarini belgilash, ta’lim sifatini xalqaro akkreditatsiya talablari asosida ta’minlash hamda talabalar uchun imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish