Talabamizdan samimiy minnatdorchilik!

Talabamizdan samimiy minnatdorchilik!

March 15 , 2023

|

1998

XNU talabasi Baxtigul Vaysova o‘z quvonchini bo‘lishib, universitet jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.

Assalomu alaykum!

Men Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Taxiatosh tumanida istiqomat qilaman. Bugun quvonchim cheksiz! Chunki men orzuyimga yetdim – Xalqaro Nordik Universitetining talabasi bo‘ldim!

🎓 Universitetimizda talabalarni yuksak madaniyat va samimiyat bilan kutib olgan jamoamizga va hurmatli rektorimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

🌍 Poytaxt bo‘ylab tashkil etilgan sayohat bizda juda yaxshi taassurot qoldirdi.

Bu quvonchli kunda eng ezgu tilaklarimni bildiraman!

🎉 Shu fursatdan foydalanib, barcha ustozlarimizni yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabriklayman! 💐💐💐

Hurmat bilan,

Baxtigul Vaysova,

XNU 1-MMT-22 guruh talabasi