Talabalar diqqatiga

Talabalar diqqatiga

October 26 , 2022

|

2

Ertaga, 27-oktyabr kuni "Men sevgan adib va uning asarlaridan iqtiboslar. Og‘zaki nutq va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish" mavzusidagi treningda barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz

Odamzodning sirli qudratiga ishora qiluvchi, o‘z taqdirini ro‘yobga chiqarishga erishishga undovchi "Alkimyogar" asari bilan tanishmisiz? Unda ertaga ushbu asar zamiridagi hikmatlarni birgalikda muhokama qilamiz!

Chop etish

So'ngi yangiliklar

O‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish - eʼtiborda

O‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish - eʼtiborda

Nordik universitetida seminar-trening haftaligi jamoaviy hamjihatlikda yuqori saviyada o‘tkazildi. 


Treninglarda ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish va taʼlim jarayoniga yangicha yondashuvlarni olib kirishga alohida eʼtibor qaratildi. 


Yangi 2025-yilda o‘qituvchilar jamoasi ish faoliyatini stresslardan holi tashkillash, darslarni samarali boshlash va talabalarning xususiyatlaridan kelib chiqib yondashishga har hijatdan tayyorlandilar. 


Haftalik davomida mavjud stereotiplarni buzish, darslarda o‘yin elementlaridan unumli foydalanish ko‘nikmalari ham shakllantirildi. 

Rang-barang g‘oya va metodlar o‘rganilmoqda

Rang-barang g‘oya va metodlar o‘rganilmoqda

Nordik universiteti ushbu haftada pedagogik mahorat va tajriba almashish maydoniga aylandi. 


Trening davomida darslarning yuqori natijadorligini taʼminlovchi turli metod va vositalar bevosita qo‘llanilib, sinab ko‘rilmoqda. 


Nordik ustozlari talabalarning darslarda faolligi, mustaqil fikrlash ko‘nikmasini oshirish, ijodiy vazifalar orqali puxta bilim olishlarini taʼminlashga xizmat qiladigan yangi pedagogik texnologiyalar va metodlarni o‘rganmoqdalar.


Jarayonda barcha kafedralar o‘qituvchilari faol ishtirok etishyapti.

XNU doktorant, tayanch doktorant hamda mustaqil izlanuvchilarining ilmiy faoliyati monitoring qilindi

XNU doktorant, tayanch doktorant hamda mustaqil izlanuvchilarining ilmiy faoliyati monitoring qilindi

Xalqaro Nordik universitetida ilmiy izlanish olib borayotgan doktorant, tayanch doktorant hamda mustaqil izlanuvchilarning faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.


Monitoring doirasida tadqiqotchilarning o‘z ish rejalari asosida yil davomida amalga oshirgan ishlari ko‘rib chiqildi.


Jumladan, ish reja va metodologik dasturlari, kurslardagi ishtiroki va sifat sertifikatlari, dissertatsiya ishlarining bajarilishi, OAK ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy jurnallar hamda Scopus tizimining davriy nashrlarida chop etilgan maqolalari kabi tegishli mezonlar bo‘yicha hisobotlari tinglandi va baholandi.


Tajribali olimlar va mutaxassislardan iborat monitoring komissiyasi a'zolari tomonidan tadqiqotchilarga dissertatsiya ishini sifatli bajarish, shaxsiy ish rejalarini samarali amalga oshirish yuzasidan yo‘nalish va maslahatlar berildi.

"Assalom, Yangi yil!"

"Assalom, Yangi yil!"

Maxsus pedagogika yo‘nalishi talabalari Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi Zulfizar Baxadirova boshchiligida Invivo tibbiy reabilitatsiya markazida Yangi yil bayram tadbirida qatnashdilar.


Talabalar Yangi yilni shodon kutib olayotgan bolalarning quvonchiga sherik bo‘ldilar, ular bilan raqslarga tushdilar va bayram bilan tabrikladilar. 


Shuningdek, amaliyotda bolalar bilan ishlash jarayonlari yaqindan kuzatildi. Markazning oliy toifali shifokori, xirurg Zebo Karimova talabalarga eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga tibbiy-korreksion pedagogik yordam natijalari borasida maʼlumotlar berdi. 

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish