Xalqaro Nordik universiteti va Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida bir guruh ta’lim tizimi vakillari uchun Finlandiyada ikki haftalik malaka oshirish kursi tashkil etildi.
📌 Ayni paytda viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ilhom Safarov boshchiligidagi ta'lim delegatsiyasi fin ta'lim muassasalarida o‘quv-amaliy treninglarda ishtirok etib, tajriba orttirmoqdalar.




