AQShda o‘qish: Nordikning kuchli uchligidan master-klass

AQShda o‘qish: Nordikning kuchli uchligidan master-klass

May 16 , 2025

|

1838

Xalqaro Nordik universitetining iqtidorli talabalari — Muzammilxon Muradullayev, Doniyor Murodullayev va Sardorbek Sirojiddinov AQShning nufuzli Lawrence Technological Universityda “Student Exchange” dasturi doirasida Data Science va Iqtisodiyot yo‘nalishlarida muvaffaqiyatli tahsil oldilar.

Ular top darajada o‘qib, o‘z sohalarida nafaqat xalqaro sertifikatga, balki akademik yutuqlari, intellektual qiziquvchanliklari va bilimini oshirishga kuchli intilishlari bilan professorlar e’tirofiga ham sazovor bo‘lishdi.


Endilikda ular AQShda olgan bilim va tajribalarini Nordik talabalari bilan bo‘lishmoqdalar. Lawrencedagi kampus hayoti, taʼlim olish va amerikacha yashash tarzi borasida tajriba va xulosalarini yetkazmoqdalar.