Uchrashuvda Nordik rahbariyati nufuzli mehmonlarni universitetimiz faoliyati, taʼlim jarayoni va xalqaro dasturlar bilan tanishtirdi. Nordik davlatlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida maʼlumotlar berildi.
Kelajakda Nordik universitetida O‘zbekiston-Daniya hamkorligida yangi loyihalar uchun platforma yaratilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi!







