Jamiyatimiz taraqqiyotida xolis va ishonchli axborot, ochiq muloqot hamda professional jurnalistikaning o‘rni tobora yuksalib bormoqda. Ayniqsa, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, jamiyatdagi yangilanish va bunyodkorlik jarayonlarini xolis yoritishda milliy matbuot alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu ma’noda, 1991-yildan buyon nashr etib kelinayotgan “Xalq so‘zi” va “Народное слово” gazetalari o‘zining 35 yillik faoliyati davomida O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotining muhim jarayonlarini yoritib, milliy jurnalistika maktabining nufuzli an’analarini shakllantirib kelmoqda.
Gazetalarning 35 yillik faoliyati munosabati bilan tahririyat tomonidan “Yangi O‘zbekiston: kelajak sari ishonchli qadam” kitobi nashr etildi. Shuningdek, tahririyatning ko‘p yillik samarali faoliyati, xalq hayoti bilan hamnafasligi va milliy matbuot rivojiga qo‘shgan hissini ifodalovchi “35 yil xalq bilan hamnafas” esdalik ko‘krak nishoni ta’sis etildi.
Mazkur e’tirof doirasida Xalqaro Nordik universitetining 20 nafar vakiliga “35 yil xalq bilan hamnafas” esdalik ko‘krak nishoni, yubiley nashri hamda esdalik znachogi topshirildi.
Taqdirlash marosimi nafaqat tahririyatning 35 yillik faoliyatiga berilgan yuksak baho, balki ta’lim, ilm-fan va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi samarali hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida ham ahamiyatlidir.
Bugun axborot makonida kechayotgan jarayonlar ta’lim va ilm-fan muassasalari zimmasiga ham yangi vazifalarni yuklamoqda. Ilmiy bilim va tahliliy tafakkurni keng jamoatchilikka yetkazish, yoshlarning media savodxonligini oshirish, ishonchli axborot muhitini shakllantirishda universitetlar va professional OAV hamkorligi muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Nordik universiteti vakillarining ushbu e’tirofga sazovor bo‘lishi ham ana shu ezgu maqsadlar yo‘lidagi hamkorlik, tashabbus va jamoaviy mehnatning munosib natijasidir.
Yangiliklar
Ta’lim va matbuot hamkorligi: Nordik universiteti vakillariga “Xalq so‘zi” tahririyatidan e’tirof

October 06 , 2026
178
Nordik universitetining 20 nafar vakili “35 yil xalq bilan hamnafas” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Foto galereya
15
Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring