Universitet Kengashining 6-son yig‘ilishi o‘tkazildi

Universitet Kengashining 6-son yig‘ilishi o‘tkazildi

March 01 , 2024

|

1618

Universitet Kengashining 6-son yig‘ilishida muhim akademik va tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

📌 Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

🔹 Tashkiliy masalalar – yangi tayinlovlar tasdiqlanib, tanishtirildi.

🔹 Kafedralarda o‘quv va o‘quv-uslubiy hujjatlarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha hisobotlar eshitildi.

🔹 2023/2024 o‘quv yilining birinchi semestri yakunlari bo‘yicha talabalarni fanlar kesimida baholash tahlili va yangi semestrga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

🔹 Rektor stipendiyasi bo‘yicha tanlovlarni tashkil etish va eng yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega talabalarni rag‘batlantirish tizimi muhokama qilindi.

🔹 Toshkent xalqaro matematika olimpiadasini tashkil etish va normativ hujjatlarni tasdiqlash bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

📌 Kengashda ko‘rib chiqilgan barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.