Yangiliklar
Sirtqi ta’lim talabalari uchun LMS bo‘yicha onlayn master-klass bo‘lib o‘tadi.

February 03 , 2023
634
Sirtqi ta’lim talabalari uchun LMS bo‘yicha onlayn master-klass bo‘lib o‘tadi.
💻 Barcha sirtqi ta'lim shakli talabalarini LMS platformasiga kirish, tizimdan foydalanish va bilim almashish jarayoni bo‘yicha o‘tkazilayotgan onlayn master-klass (2-dars)ga taklif qilamiz.
ℹ️ LMS orqali ta'lim olish bo‘yicha barcha savollaringizga IT departamentimiz mutaxassisi Xasan Topilovdan javob olish imkoniyatidan foydalaning.
❗️ O‘tkazib yubormang!
📅 4-fevral
⏰ Soat 17:00 da
So'nggi yangiliklar

Xalqaro muloqot: tahlil va taʼlim integratsiyasi
Nufuzli mehmon — Jurnalistika va Taʼlim boshqaruvi bo‘yicha katta tajribaga ega xalqaro ekspert bilan fikrlar almashildi. Xususan, taʼlim tendensiyalari, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, akademik rivojlanishning yangi modellarini tahlil qilish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olishga qaratilgan mazmunli muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda xalqaro konferensiyalar tashkil etish, barqaror rivojlanish yechimlarini ishlab chiqish, tahlillarga asoslangan amaliy yo‘riqnomalar — bilimlar almashinuvi, talabalar va tadqiqotchilar uchun yangi akademik platformalar yaratish xususida so‘z bordi.
Xalqaro darajadagi ilmiy va tahliliy platformalarni kengaytirish borasida kelishuvlarga erishdi.

ETS bilan hamkorlik: xalqaro sertifikatsiya va akademik mobillik sari
Educational Testing Service (ETS)ning Yevroosiyo va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Anna Gutkowska-Zając boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida taʼlim sifatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi. Jumladan, o‘qituvchilar malakasini oshirish, ETS tomonidan tasdiqlangan zamonaviy kontentlar asosida qo‘shma treninglar, seminarlar va vebinarlar tashkil etish, ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha ilg‘or metodikalar joriy etish masalalari alohida eʼtibor markazida bo‘ldi.
Shuningdek, TOEFL iBT imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish, talabalar va pedagoglar o‘rtasida test savodxonligini rivojlantirish, xalqaro sertifikatsiyaga tizimli yondashuvni shakllantirish hamda global akademik mobillik uchun mustahkam poydevor yaratish istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Mazkur tashrif davomida tomonlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjatda ta’lim sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish va xalqaro integratsiyani kengaytirishga qaratilgan aniq ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
Bu hamkorlik Nordik universiteti va ETS o‘rtasidagi hamkorlikni uzoq muddatga mustahkamga xizmat qiladi.

Nuqtai nazar: Mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch
“Xalq so‘zi” gazetasida Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov muallifligida e’lon qilingan maqolada mazkur yig‘ilishda alohida urg‘ulangan muhim nuqtalar tahlil etilgan, samarali tizim uchun qator yondashuv va takliflar ilgari surilgan.
Maqolada qayd etilganidek, uzluksiz vertikal integratsiya — "maktab — federatsiya — universitet" modeli orqali iqtidorli yoshlar uzluksiz rivojlanadi, har bir sportchi uchun individual rivojlanish dasturlari muhim.
Shuningdek, sport iqtisodiyotini rivojlantirish, klublar va akademiyalar tuzish, raqamli shaffoflik, ilm-fan va sport integratsiyasini kuchaytirish masalalariga eʼtibot qaratilgan.
Sport milliy taraqqiyot strategiyasining eng muhim ustuniga aylanishi lozim. Mazkur masalalarni chuqurroq anglash uchun maqolada ommaviy sportni rivojlantirish borasida ilg‘or davlatlar tajribalari tahlil etilgan.
Yanada kengroq tahlil va fikrlar bilan "Xalq so‘zi"ning 10-aprel soni sahifalarida tanishish mumkin.

Sohibqiron ruhi — yoshlar tafakkurida!
Iqtisodiyot va biznesni boshqarish hamda Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar kafedralari hamkorligidagi tadbir davomida talaba-yoshlar Sohibqironning bebaho merosi — Temur tuzuklari asosida bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Jamoalar Temuriylar davlatchiligi falsafasini anglash sari intilishlarini har jihatdan namoyish etishdi.
Bellashuv 2 bosqichda kechdi:
🔹 1-bosqich — tarixiy bilim va mantiq sinovi
🔹 2-bosqich — ijodkorlik maydoni: tuzuklarni rasmlar orqali jonlantirish.
5 ta jamoa o‘rtasida intellektual madaniyat doirasida bahslar qizg‘in kechdi.
Ishtirokchilar bilim, topqirlik, tezkor fikrlash va jamoaviy hamjihatlik namunasini ko‘rsatdilar.
Tadbir yakunida barcha qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi, eng kuchli jamoalar esa munosib taqdirlandilar.
1-o‘rin — World economics
2-o‘rin — 1-EK-24
3-o‘rin — Space
4-o‘rin — 5-JI
5-o‘rin — Liderlar.
Sohibqiron merosini o‘rganish yoshlar tafakkuriga kuch va yetakchilik bag‘ishladi.