Unda Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari mutasaddilari, amaliyotchi o‘qituvchilar, ekspertlar hamda Finlyandiyada tashrif buyurgan 10 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida pedagoglar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, taʼlim sifatini baholash, taʼlimni boshqarish, oliy taʼlim tizimida pedagog kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir masalalar muhokama qilinadi.




